O'zbekiston yozda Eron, kuzda BAAga qarshi o'ynashi mumkin
23 apr 2015 10:30
Yangiliklar

O'zbekiston yozda Eron, kuzda BAAga qarshi o'ynashi mumkin
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralash o'yinlariga tayyorgarlik doirasida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazmoqchi.
Jumladan saralash bahslari boshlanishidan oldin, aniqrog'i 11 iyun kuni Toshkentda Eron terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi mumkin. Forslar 16 iyunda saralash doirasida Turkmaniston mehmoni bo'lishadi.
Bundan tashqari 13 oktyabrda BAA yurtimizga tashrif buyurishi mumkin. SHu kuni saralashning 6-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Lekin BAA ham, O'zbekiston ham o'sha kuni dam olishadi.
Har ikkala mamlakat futbol federaciyalari bilan muzokaralar davom etmoqda.
Avstraliya 16 iyun kuni Qirg'izistonda o'ynashini inobatga olib ushbu o'yindan oldin O'zbekistonda o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish taklif qilindi. Biroq "sokkeruzlar" to'g'ri Qirg'izistonga uchib borishlari tufayli taklifga rad javobini berishdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi saralash bahslarini 16 iyun kuni safarda KXDR termasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Fikrlar