O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Belarus U19 bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
06 okt 2015 18:43
Yangiliklar


O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Belarus U19 bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Belarus U19 terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Har ikki nazorat uchrashuvi ham Toshkentdagi "Jar" stadionida bo'lib o'tadi.
Dastlabki o'yin 14 noyabr kuni bo'lsa, ikkinchi uchrashuv 16 noyabr kuniga
belgilangan.
Eslatib o'tamiz, ayni damda O'zbekiston U19 terma
jamoasi Bangladesh poytaxti Dakka shahrida Osiyo chempionati-2016 saralash
o'yinlarida ishtirok etmoqda. O'tkazilgan ikki turdan keyin Abduraimov
shogirdlari "A" guruhida 6 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda. Birinchi
turda O'zbekiston Butanni (7:0) mag'lub qilgan bo'lsa ikkinchi o'yinda
SHri-Lanka (3:0) ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi.
Bugun,
Toshkent vaqti bilan 17:00da O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'zining
saralash turniridagi uchinchi o'yinida Bangladeshga qarshi maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar