O'zbekiston yana nishonda! OFK biz haqimizda iliq fikrda
26 dek 2019 20:51
Yangiliklar


O'zbekiston yana nishonda! OFK biz haqimizda iliq fikrda
OFK sayti Dubayda yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi haqida iliq gaplarni yozdi.
Xususan uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib hammasida zafar quchgan futbolchilarni sayt xodimlari alohida takidlab o'tishgan.
"O'zbekiston yana nishonda! Bu jamoa U-23 Osiyo chempionatida amaldagi chempion sifatida ishtirok etadi" - deyiladi OFK xabarida.
Eslatib o'tamiz, 8-26 yanvar kunlari Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi va musobaqa yakunida kuchli uchlikka kirgan jamoalar Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olishadi.
O'zbekiston qita birinchiligidagi ilk uchrashuvni 9 yanvar kuni Eronga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
01:10
Maksim Shackix: "Nasaf"dan qo'rqqanimiz yo'q. Istasangiz meni Xavi deb atang, menga farqi yo'q" 0

Fikrlar