So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

O'zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurishdi Yangiliklar

O'zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurishdi

Teglar :  Bunyodkor
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 7 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

O'zA xabariga ko'ra, Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedov tor doiradagi muzokaralar chog'ida mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etdilar, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Muzokaralar yakunida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qo'shma bayonotni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o'rtasida iqtisodiyot, transport, bojxona, turizm, fan-texnika, sog'liqni saqlash va sport sohalaridagi aloqalarni izchil rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolandi.

Kunning ikkinchi yarmida O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdilar. Ikki davlat rahbarlari “Bunyodkor” stadionini ham borib ko'rdilar. Ushbu majmuaning ko'rku salobati, memoriy echimi, sportchilar va tomoshabinlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar oliy martabali mehmonda katta taassurot qoldirdi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика