So’nggi yangiliklar

18:52ПФЛ клубларни 25 мартга қадар қарзларни тўлашга чақирди  0 18:12ПФЛ Ўзбекистон Суперлигаси 2025 интросини тақдим этди  2 17:54"Нефтчи": 4 мингга яқин йиллик абонемент сотиб бўлинди  14 17:47"Зенит" - ЦСКА. Файзуллаев асосий таркибда  6 17:36Бу қизиқ! "Манчестер Сити" Бразилия U-17 ва Аргентина U-17 сардорларини ўз сафига қўшиб олди  2 16:22Суперлиганинг 3-тур ўйинлари саналари маълум бўлди  1 16:13Инфантино: "Трамп Россияни ЖЧ-2026да иштирокини кўриб чиқишни сўрагани йўқ"  8 14:52Азалий рақиблар қарама-қаршилиги: "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" ўйинига тайёрмисиз?  21 14:29"Челси" 17 ёшли футболчи учун 15 млн. евро тўлайди  3 14:07"Атлетико" раҳбари Сересо Перес ҳақида: "Реал" тарихидаги энг яхшиси"  17 13:17Пике: "Реал" ва "Барселона" бир-бирига керак"  21 12:45Саудия Арабистони чемпионатида Тоуни ва Бензема Роналдуга деярли етиб олишди  9 12:17"Реал" "Арсенал" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:55Аморим МЮ ўйини ҳақида: "Баъзида ижобий жиҳат топиш қийин бўлади"  1 11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  3

O'zbekiston U23 - Iroq U23 - 2:3. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

O'zbekiston U23 - Iroq U23 - 2:3. MATNLI TRANSLYACIYA

O'zbekiston va Iroq o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.

                                               MATNLI TRANSLYACIYA

                                                         YANGILASH

90+5. O'yin tugadi! Xayr RIO!

90+2. Gol urishga harakat qilayapmiz, ammo bu o'yin bilan juda qiyin masala gol urish.

90. O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi

87. O'zgarish. Iroq. Mahdi Kamil o'rniga Saad Notiq tushdi

83. Ogohlantirishlar. Humam Tariq va Javohir Sohibov

82. GOL! 2:3. Humam Tariq himoyadagi xatodan so'ng gol urdi, bu vaziyatda qanot hakami bayrog'ini ko'tardi, bosh hakam esa o'yinni davom ettirdi... MDA...

78. CHap qanotdan Masharipov oshirib bergan to'pni Timur Hakimov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:2.

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! TIMAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! 2:2

77. Mana yangi futbolchilar, balki endi gol urarmiz?

76. O'zgarish. O'zbekiston. Dostonbek Hamdamov o'rniga Timur Hakimov tushdi

76. O'zgarish. Iroq. Ali Xisni o'rniga Mazin Fayayad tushdi

75. Timur Hakimov ham maydonga tushishga tayyorlanmoqda

74. O'zgarish. O'zbekiston. Sardor Rahmonov o'rniga Ikrom Aliboev tushdi

73. Ko'pchilik arabcha futbol deydi, lekin Iroq ikkita gol urdi, to'pni uzatishda aniqroq o'ynamoqda, shunday ekan arabcha o'yin ko'rsatishga hech kim ularga taqiq qo'ymaydi

72. Iroqliklar himoyachilarimizni juda ham qiyin ahvolga solib qo'yishdi, shukurki bu vaziyat gol bilan tugamadi.

71. ZARBA! Amjad Atvaning zarbasini darvozabonimiz ushlab oldi

70. Bunday o'yin bilan Rioga bormay qo'yaqolaylik...

68. Jamoamizning hujumi, chiroyli chiqdi, ammo Masharipovning pasi juda noaniq chiqdi

66. ZARBA! SHukurovning jarimadan yo'llagan zarbasini posbon qaytardi, qaytgan to'pni futbolchimiz yana darvozaga yo'lladi, bu safar ham posbon o'z o'rnida

65. O'zgarish. Iroq. Muhannad Abdulrahim o'rniga Ayman Husayin 

62. Xatolar juda ham ko'p, juda. Oddiy pasni oshira olmayapmiz

57. Iroqni bu hisob qoniqtiradi, bizni esa yo'q. SHunday ekan gol urishimiz shart

55. ZARBA! Ali Xisni tomonidan yo'llangan zarba noaniq ketdi

54. To'g'risi o'yinga qanday sharh yozishni ham bilmay qolayapmiz, to'p uyoqdan buyoqqa uchib yuribdi, futbol emas bu, havoda bu jamoadan bu jamoaga o'tmoqda

53. Humam Tariq xuddi oyog'i sinib ketgandek baqirdi va hakam unga etibor qilmagach darhol o'yinga qo'shilib ketdi, no komment

52. Muhammad Abdulrahim jarima maydonimiz ichida yiqildi va penalti so'radi, hakam "tur o'rningdan" dedi

50. Masharipov tezkor hujumga o'tdi, chap qanotdan oldinga o'tdi, biroq Sergeev o'yindan tashqari holatda ekan

148. ZARBA! Otabek SHukurovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvozabon ushlab oldi

46. O'zgarish. O'zbekiston. Jamshid Iskanderov o'rniga Jaloliddin Masharipov tushdi

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi. Biz uchun ajoyib boshlangan bo'lim yomon tugadi. Ikkinchi bo'limni kutamiz

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi

44. SHomurodovning uzatgan to'pini Mirabdullaev boshi bilan darvozaga yo'lladi, ozgina noaniq!

42. GOL! 1:2. Mahdi Komil. Jarima maydonimiz ichidagi pala partishlikdan foydalandi va gol urdi.

41. Ali Xisni juda faol. CHap qanotdan juda ko'p reyd qilmoqda. Rahmonov anchagina ter to'kmoqda

39. ZARBA! Sergeev boshi bilan zarba berdi, noaniq!

38. Sohibov to'pni jarima maydoniga uzatdi, himoyachi to'pni qaytarib yubordi. Burchak to'pi

37. GOL! 1:1. Jarima to'pidan so'ng iroqliklar qarshi hujumga o'tishdi. Ali Xisni chap qanotdan to'pni sherigiga oshirdi, Amjad Atvan gol urdi - 1:1.

36. Otabek SHukurov tezkor tarzda hujumga o'tayotganida uni Ali Qosimov qo'pollik bilan to'xtatdi. Jarima to'pi. To'p yonida Hamdamov.

33. Iroq futbolchilari hujum qilishdi, ammo oxirgi pas noaniq chiqdi va barchasi tugadi

31. Vakillarimiz hisobni saqlab qolish ilinjida o'ynashayotganga o'xshaydi. Gol urish kerak yana, gol. 

28. Sardor Rahmonov hujumga o'tib raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.

27. SHomurodov bizning jamoada juda ham faol o'ynamoqda. Hozir uni chap qanotda to'xtatishdi

25. Iroqning hujumlari besamar tugamoqda. SHunday davom etsa ham mayli)

24. ZARBAAA! SHomurodov o'ng qanotdan jarima maydoni markazidagi Iskanderovga uzatdi, Jamshidning erlatib bergan zarbasi noaniq ketdi! Ehhh

22. Burchak to'pidan so'ng ham ajoyib vaziyatga ega bo'ldik, ammo SHomurodovning zarbasi o'xshamadi

21. Dostonbek Hamdamov jarima to'pini amalga oshirdi, darvozabon to'pni qaytarib yubordi.

19. ZARBA! Jamoamizning hujumini Eldor SHomurodov uzoq masofadan yo'llangan zarba bilan tugatdi, noaniq.

18. Xavfli vaziyat. Xisni tomonidan berilgan zarbadan so'ng Mahdi Komil to'pga eta olmadi, bu safar Abdujalilov yaxshi o'ynadi

17. Iroq safida 10-raqamdagi Ali Xisni juda faol. Himoyachilarimiz hozircha unga imkon berishmayapti

15. To'pni nazorat qilish bo'yicha kichik ustunlik Iroq tomonida: 53:47

14. Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi muxlislarimiz anchagina faol!


10. Sohibov to'pni jarima maydoniga uzatdi, noaniq pas. Iroq posboni shoshmoqda.

8. O'ng qanotdan tashkil etilgan hujumni iroqliklar qaytarishdi. Sergeev to'pni to'xtata olmadi va hujum to'xtab qoldi

5. O'yin tezkor kechmoqda. Iroq tezkor goldan so'ng o'ziga kelishga harakat qilmoqda

2. Iroq darhol javob hujumini tashkil qildi. Burchak to'pi qaytarildi, keyingi hujumda Abdumavlon xato qildi, yaxshiki to'pni Mirabdullaev qaytarib yubordi. Aks holda...


1. Uchrashuvdagi ilk hujumdayoq Dostonbek Hamdamov hisobni ochdi. Bu vaziyatda SHomurodov to'pni unga uzatgandi - 1:0.

1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DOSTON HAMDAMOOOOOOOOOOOOOOOOV!

1. O'YIN BOSHLANDI, OLG'A O'ZBEKISTON!

21:26. Navbat Iroq davlat madhiyasiga


21:25. O'zbekiston davlat madhiyasi! Barcha birga!

21:24. Kutib oling jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

21:05. Ikkala jamoa o'yinoldi mashg'ulotlarni olib borishmoqda

21:00. Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Ushbu sahifa orqali O'zbekiston va Iroq o'rtasidagi o'yin tafsilotlarini kuzatib borishingiz mumkin.


O'zbekiston - Iroq 2:3
16 yanvar 2016. Doxa. "Suhayim bin Hamad" stadioni.
Hakamlar: Ahmad Abu Bakar Said Al Kaf (Ummon), Abu Bakar Salim Al Amri (Ummon), Otsuka Xarixuro (Yaponiya), Ryuji Sato (Yaponiya)
Gollar: Dostonbek Hamdamov 1, - 1:0. Amjad Atvan 38, - 1:1. Mahdi Komil 42, - 1:2. Timur Hakimov, 78 - 2:2. Humam Tariq 82, - 2:3.
O'zbekiston: 12.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Sardor Rahmonov (16.Ikrom Aliboev, 74), 14.Javlon Mirabdullaev, 2.Akrom Komilov, 7.Vladimir Kozak, 8.Javohir Sohibov, 19.Otabek SHukurov, 10.Jamshid Iskanderov (9.Jaloliddin Masharipov, 46), 17.Doston Hamdamov (22.Timur Hakimov, 76), 23.Eldor SHomurodov, 11.Igor Sergeev.

Iroq: 1.Fahad Tolib, 3.Hamza Adnan, 4.Mustafo Nadim, 5.Ali Fayoz, 8.Muhanad Abdulrahim (18.Ayman Husayin, 63), 9.Mahdi Kamil (2.Saad Notiq, 87), 10.Ali Xisni (14.Mazin Fayayad, 76), 11.Humam Tariq, 15.Safa Jabbor, 19.Amjed Atvan, 21.Ali Qosim.

Ogohlantirishlar: Sardor Rahmonov 28, Humam Tariq 82, Javohir Sohibov 83,

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика