O'zbekiston-U22 "Qo'qon-1912"ga mag'lub bo'ldi
15 fev 2021 19:07
Yangiliklar
O'zbekiston-U22 "Qo'qon-1912"ga mag'lub bo'ldi
Nazorat uchrashuvidagi raqib O'zbekiston-U22 terma jamoasi bo'ldi. O'yinda qo'qonliklar kichik hisobda g'alaba qozonishdi.
Bahs kutilganidek qo'qonlik futbolchilarning hujumlari bilan boshlandi. Ana shunday hujumlarning birida, aniqrog'i, 19-daqiqada olimpiyachilar jarima maydonchalari ichida qo'qonlik futbolchiga nisbatan ko'polik ishlatishdi. Natijada bosh hakam penalti belgiladi. Penaltini esa "Qo'qon-1912"ning yangi azosi Anvar Hojimirzaev aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
31-daqiqada yana o'sha tinib-tinchimas Hojimirzaev raqib darvozasini ishg'ol etdi. O'ng qanotdan Muhammadanas Hasanov darvoza tomon zarba yo'llagan edi. To'p yo'l-yo'lakay Hojimirzaevga tegib raqib darvozasidan o'rin oldi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo'lim ham qo'qonliklarning faolligi bilan boshlandi. 68-daqiqada Merzlyakov-Norbekov-Azimov kombinaciyasi gol bilan tugashi mumkin edi. Azimovning zarbasini darvozabon arang qaytarishga ulgurdi. 76-daqiqada hisobni qisqardi. Humoyunmirzo Iminov jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etdi. Qolgan daqiqalarda jamoalar qancha urinishmasin, hisobni o'zgaritish hech kimga nasib etmadi.
Nazorat uchrashuvi.
O'zbekiston-U22 - "Qo'qon-1912" - 1:2
Gollar: Humoyunmirzo Iminov (76) - Anvar Hojimirzaev (19 penalti,31).
“Qo'qon-1912”: Eldor Adxamov, Ilxom Vahobov, Bobur Akbarov, Avazxon Mamatxo'jaev, Slavko Lukich, Iqbol Malikjonov, Sardor Azimov, Sardor Etovqo'ziev, Anvar Hojimirzaev, Muhammadanas Hasanov, Andrey Sidorov.
Zaxira: Muzaffar Abdullaev, Xurshid Xo'jaev, Ivan Yosovich, Aleksandr Merzlyakov, Farhod Bekmurodov, SHohnazar Norbekov, Mo'min Meliev, Jamshid Rahmatullaev, Bekzod Hoshimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar