O'zbekiston U17 ayollar terma jamoasi Afg'oniston vakillarini yirik hisobda mag'lub etdi
07 iyu 2021 20:50
Yangiliklar
O'zbekiston U17 ayollar terma jamoasi Afg'oniston vakillarini yirik hisobda mag'lub etdi
O'zbekiston U17 ayollar terma jamoasi "CAFA U-17 Women's Championship 2021" xalqaro turniri doirasida Afg'oniston vakillariga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvda o'zbekistonliklar 8:0 hisobida g'alaba qozondi va turnir jadvalida 1-pog'onaga ko'tarilib oldi.
Musobaqaning navbatdagi hal qiluvchi uchrashuvida Tojikiston hamda Eron jamoalari o'zaro kuch sinashadi. Soat 20.45 da start oladigan mazkur o'yin natijasiga ko'ra, turnir g'olibi malum bo'ladi.
"CAFA U-17 Women's Championship 2021"
3-tur | 07.07.2021
O'zbekiston 8-0 Afg'oniston
Gollar: Sevinch Rahmatulloeva 32ʼ, Ruxshona Saydabbasova 20ʼ, 41ʼ, Kseniya Buntina 60ʼ, Leyla Rustullaeva 46ʼ (pen.), 56ʼ, 67ʼ, Mehribon Egamberdieva 80+2ʼ
Fikrlar