So’nggi yangiliklar

10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  10 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  8 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  4 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  21 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1

O'zbekiston U-22 terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazadi Yangiliklar

O'zbekiston U-22 terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazadi

O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi 2014 yilning 11-26 yanvar kunlari Ummon davlatida tashkil etiladigan U-22 Osiyo chempionati final bosqichida ishtirok etadi.
Avvalroq, ushbu terma jamoaga shu vaqtgacha O'zbekiston milliy terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan SHuhrat Maqsudov bosh murabbiy etib tayinlagani haqida xabar berilgan edi. Ummondagi musobaqa arafasida Maqsudov shogirdlari, dastlab, 24-29 dekabr kunlari Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishadi. Jar stadionida o'tkaziladigan mashg'ulotlarga jami 1991-1994 yillarda tug'ilgan jami 25 nafar futbolchi jalb etilgan.

O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi 2012 yil iyun oyida Nepalda bo'lib o'tgan saralash bahslari yakuniga ko'ra, Osiyo chempionati final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Dekabrdagi yig'inlar final bosqichida ishtirok etuvchi tarkibni shakllantirish yo'lidagi ilk qadam bo'lib, Osiyo chempionati arafasida yakuniy tarkibga kiritiladigan futbolchilar xorijda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish rejalashtirilgan.

O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasining Toshkentdagi yig'iniga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar – Eldorbek Suyunov (1991 yil tug'ilgan, Nasaf), Abdumavlon Abdujalilov (1994, Paxtakor), Akmal Tursunboev (1993, Paxtakor);

Himoyachilar – Tohirjon SHamshitdinov (1993, Paxtakor), Maksimilian Fomin (1993, Paxtakor), Boburbek Yo'ldoshev (1993, Lokomotiv), Sardor Rahmonov (1994, Lokomotiv), Javlon Mirabdullaev (1994, Bunyodkor), Akbar Ismatullaev (1991, Paxtakor), Egor Krimec (1992, Paxtakor), Davron Hoshimov (1992, Paxtakor), SHerzod Fayziev (1991, Mashal), Vladimir Kozak (1993, Paxtakor);

Yarim himoyachilar – Abbosbek Maxstaliev (1994, Paxtakor), Sardor Rashidov (1991, Bunyodkor), Diyorjon Turopov (1994, Olmaliq), Sardor Mirzaev (1991, Neftchi), Dilshod Jo'raev (1991, Bunyodkor), Muhsinjon Ubaydullaev (1994, Paxtakor), Jamshid Iskanderov (1993, Paxtakor), Sardor Sobirxo'jaev (1994, Bunyodkor);

Hujumchilar – Igor Sergeev (1993, Paxtakor), Temurxo'ja Abduxoliqov (1991, Paxtakor), Navro'z Alimov (1991, Qizilqum), Abdulaziz Yusupov (1993, Paxtakor).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика