So’nggi yangiliklar

00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  0 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  9 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  23 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  1 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0

O'zbekiston U-20 aprel oyida Toshkentda Yangi Zelandiya bilan o'ynaydi Yangiliklar

O'zbekiston U-20 aprel oyida Toshkentda Yangi Zelandiya bilan o'ynaydi

O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi aprel oyida Toshkentda Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish borasida kelishuvga erishdi.
Rejaga ko'ra, Yangi Zelandiya U-20 yoshlar terma jamoasiga qarshi uchrashuvlarning 4 va 6 aprel kunlari bo'lib o'tadi. Mazkur o'yinlar har ikkala terma jamoa uchun ham yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslariga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Qayd etish lozim, yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari aynan Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadi.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinlar oldidan Portugaliyaning Koimbra shahrida 4 kunlik yig'in o'tkazishi haqida avvalroq xabar berilgan edi. Mazkur yig'inda Haydarov jamoasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Unga ko'ra, dastlab 27 mart kuni O'zbekiston yoshlari U-20 yosh toifasida Evropa vice-chempioni Portugaliya yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushishsa, 29 mart kuni jahon vice-chempioni Urugvay yoshlar terma jamoasiga qarshi o'yin bo'lib o'tadi.

Takidlash lozim, O'FF Terma jamoalar markazi ayni damda Jahon chempionati guruh bosqichidagi raqiblarga mos sparring-raqiblar topish va ularga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика