O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Toshkenttga qaytib keldi
23 okt 2014 10:34
Yangiliklar

O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Toshkenttga qaytib keldi
Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Osiyo CHempionatidagi ishtirokini yakunlab Toshkentga qaytib keldi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Myanma mamlakatida bo'lib o'tayotgan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionatida yarim finalgacha etib borib, kelasi yili Yangi Zelandiyada o'tkaziladigan U-20 yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Guruh bosqichida BAA, Avstraliya va Indoneziya yoshlariga qarshi o'ynagan Haydarov shogirdlari guruh bosqichini ikkinchi o'rinda yakunlashdi va chorak finalda Tailand yoshlar terma jamoasi ustidan g'alaba qozonib yarim finalga yo'l olishgan edi. Yarim final bahsida esa O'zbekiston yoshlar terma jamoasi KXDR yoshlar terma jamoasiga mag'lubiyatga uchradi.

Fikrlar