So’nggi yangiliklar

13:50Бу - футбол эмас, цирк!  3 13:34Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси устидан жиноий иш қўзғатилди  2 12:54Анчелотти: "У тайёр"  5 12:26"Реал"ни таслим этишимизга ишонаман"  5 11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  9 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  6 11:19Ўзбекистон кубоги доирасидаги "Бунёдкор" - "Пахтакор" баҳсини ким бошқариши маълум  1 10:52"Челси" раҳбари Боули икки йил ичида ТОП-10 га кирди  1 10:25Жозе Моуринью EЧЛдан чиқиб кетганидан сўнг: "Биз барибир чемпион бўла олмасдик"  7 09:57Opta суперкомпютери Ла Лига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  4 09:28Шомуродовнинг трансфери "Атланта"га тахминан қанчага тушиши маълум  8 08:57"Реал Мадрид"да Суперкубокдан аввал йўқотиш бор. Жамоанинг асосий футболчиси "Аталанта"га қарши учрашувни ўтказиб юборади  8 08:29Про лига. Бугун 16-тур баҳсларига старт берилади  2 07:59МЛСда трансфер ойнаси қачон ёпилади? "Атланта"нинг Шомуродовни қўлга киритиш учун жуда кам вақти қолди  3 07:30Саудия Суперкубоги. "Ал Ҳилол" камбек қилиб финалга йўл олди. Финалдаги рақиб бугун аниқланади  5

O'zbekiston U-19 - Tailand U-19 2-1 Biz jahon chempionatidamiz! Yangiliklar

O'zbekiston U-19 - Tailand U-19 2-1 Biz jahon chempionatidamiz!

O'zbekiston hamda Tailand yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi!
 
                             MATNLI TRANSLYACIYA
                                        
YANGILASH


O'zbekiston U-19 - Tailand U-19 - 2:1
Bosh hakam: Abdulrahmon Abdu (Qatar)

Gollar:
Zabihillo O'rinboev 5, 20 - Sittichok 47

O'zbekiston U-19:
12.Dilshod Hamroev, 3.Ibrohim Abdullaev, 6.Akramjon Komilov, 7.Jamshid Boltaboev, 8.Javohir Sohibov, 9.Eldor SHomurodov, 10.Otabek SHukurov, 11.Asliddin Abdiev, 19.Zabihillo O'rinboev, 20.Dostonbek Tursunov, 23.Xurshid G'iyosov
Zaxira: 1.Sarvar Karimov, 21.Botirali Ergashev, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Odil Hamrobekov, 13.Ilhom Abdug'aniev, 14.Firdavs Abdusalimov, 15.Bobir Davlatov, 16.Sardor Azimov. 17.Dostonbek Hamdamov, 18.Ravshan Xursanov, 22.Javohir Sidiqov.

Tailand U-19: 18.Rattanai, 2.CHenrop, 3.Sittichok, 4.CHaovat, 6.Attixavit, 7.Noppxon, 10.Prasid, 15.Santipxarp, 16.Sinnapxat, 17.Suporn, 20.Voravut.
Zaxira: 1.Anusit, 22.Peerapong, 5.Sansern, 8.Patipan, 9.Pxitivat, 12.Kiattisak, 13.Kllachat, 14.Netipong, 19.Supravee, 21.Piyapong, 23.Jenpxop.




Barcha barchani muborakbod etamiz!

90+6. O'yin yakunlandi! Biz Jahon chempionatidamiz! Ajoyib!!!


90+5. Otabek SHukurovning zarbasi noaniq bo'ldi.

90+4. Jamshid Boltaboevga maydon markazida tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Yana ozgina qoldi. Turib berish zarur!!!

90+3. Raqib futbolchisi Sinnapxatga qizil kartochka!

90+2. Yigitlarimiz hozircha raqibga hujum qilishga imkon bermayaptilar! Yaxshi!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. Juda ko'p!

88. O'zgarish. Zabihillo O'rinboev o'rniga Mirjamol Qosimov maydonga tushdi.


87. SHomurodoooooov. CHiroyli tarzda himoyachidan o'tib ketdi! Afsus, yana burchak to'pi!

85. Zarbaaaaaaa! Otabek SHukuroooov! Exxxxxxxx..... Darvozabon ajoyib harakat qildi. Burchak to'pi! Lekin samarasiz...

83. Bo'shashmaslik zarur! Eng yaxshi himoya esa albatta hujum!

81. Raqiblarimiz havfli to'p oshirishni amalga oshirishdi. Hayriyatki, himoyachimiz o'z o'rnida!

79. O'yin tempi bir oz pasaydi...

75. Tailandliklar hujum uyushtirishmoqda. Ko'z tegmasin, bu hujumlar samarasiz bo'lmoqda.

72. Raqiblarimiz tarkibida o'zgarish. CHaovatning o'rniga Netipong maydonga tushdi.

71. Demak, davom etamiz. Bo'shashmaslik zarur!

69. Zarbaaaaaa.... Yo'o'o'o'o'qq..... Sal qolishiga sal qoldi... Gol urishimiz kerak edi!!!! Jamshid Boltaboevning zarbasi bir oz kuchsiz chiqdi... Tailandlik himoyachi darvozaga kirib ketayotgan to'pni tepib yubordi.

68. Ibrohim Abdullaev jarima maydonchamiz ichida sovuqqonlik bilan harakat qildi. Raqib esa unga qo'pollik ishlatdi.

66. Terma jamoamiz futbolchilari hujum uyushtirmoqdalar. Lekin, o'sha hujumlarni samarali yakunlash zarur...

64. Raqib futbolchilarining o'zlari to'pni yigitlarimizga olib kelib berishmoqda. SHoshilishmoqda!

62. O'zgarish. Asliddin Abdievning o'rniga Dostonbek Hamdamov maydonga tushdi.

60. Ajoyib vaziyat. Lekin, Boltaboev o'yindan tashqari holatda.

58. Asliddin Abdieeev... Qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

56. Tailandliklar safida o'zgarish. Prasid o'rniga Jenpxop maydonga tushdi.

54. Vakillarimiz hujumda. O'ng qanotdan jarima to'pi tepamiz! Biroq samarasiz...

52. Abdievning zarbasi noaniq.

51. Otabek SHukurov faol harakat qildi. Burchak to'pi ishlab oldik.

50. Ehtiyot bo'lish zarur. Raqiblar yana hujumga o'tmoqdalar.

48. Himoyachi va darvozabonimizning xatosidan unumli foydalangan Sittichok hisobni qisqartirdi...


47. Gol. Tailand gol urdi...

45. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Taymni tailandliklar boshlab berishdi!

Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda!

Ha aytgancha, vakillarimizni, aniqrog'i ushbu o'yin g'olibini yarim finalda SHimoliy Koreya terma jamoasi futbolchilari kutib turibdilar.

Agar yarim finalga yo'l olsak kelasi yili Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadigan JCHda ishtirok etishimizdan ko'pchilikning xabari bor!

Tanaffus!


45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi! Hisob hozircha 2:0. Yurtdoshlarimiz foydasiga! Olg'a yigitlar!

45+2. Kuchli zarbaaa... Darvozabonimiz tomonidan ajoyib seyv! Burchak to'pi...

45+1. Jarima maydonimiz oldida Akrom Komilov raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Tailandlik futbolchi esa tipirchilab yotibdi. Akromga ogohlantirish...

45. Birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Ibrohim Abdullaev raqib jarima maydoni ichida paydo bo'ldi va boshi bilan zarba berdi. Biiiiir oz noaniq. SHu ruhda davom etish zarur!

43. Darvozamiz oldida boshqa bir futbolchimiz Dostonbek Tursunovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

42. Yana havfli vaziyat. Yana himoyachilarimiz bexato harakat qildilar.

41. Futbolchimiz to'pni qo'li bilan o'ynadi. So'ngra qo'pollik ishlatdi va uning o'ziga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

40. O'yin davom etadi. Hozircha barchasi joyida!

38. Darvozabonimizga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Bir oz tanaffus...

36. Tailandliklar ketma-ket ikkita burchak to'pini amalga oshirdilar. SHomurodov himoyachilarga yordamga kelib hujumni bartaraf etdi.

34. Raqiblarimiz o'zlarining tezkor harakatlari bilan hujum uyushtirishga harakat qilmoqdalar. Vakillarimiz esa o'z o'rinlarida!

32. Uzoqdan berilgan zarba. Jamshid Boltaboev. Lekin noaniq...

30. Tailandliklar qo'pol o'yin namoyish qilmoqdalar.

29. Raqiblar SHomurodovga nisbatan o'yin qoidasini buzishdi. O'yin davom etadi.

27. Ko'z tegmasin, hozircha barchasi joyida! Tuf, tuf, tuf)

25. Havfli zarbaaaaaaa! Darvoza to'sini!!! Zabihillo O'rinboeeeeev....

23. Raqiblar qarshi hujum uyushtirdilar. Himoyachilarimiz aniq harakat qilmoqdalar!

21. Eldor SHomurodovning cham qanotdan oshirgan to'pini O'rinboev boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi! Molodec!

20. GOOOOOOOOOOOOOOLLL!!!!!
Yana Zabihillo!

19. Abdievning zarbasi ham havfli ko'rinish oldi. Bir oz noaniq...

17. Raqiblar jarima to'pi tepishdi. Yaxshiyamki to'p "jonli devor"ga tegib qaytdi.

16. 3-raqamdagi Ibrohim Abdullaev ogohlantirildi.

13. Noppxon uzoqdan darvozamizga zarba berdi. Hamroev o'z o'rnida!

12.Raqiblarimiz hisobni tenglashtirish uchun astoydil harakat qilmoqdalar. Ehtiyot bo'lish zarur!

10. Tailandliklarning hujumi. Darvozabonimiz chaqqonlik qilib to'pni egallab oldi.

8. Raqiblar hujumga o'tishga harakat qilmoqdalar. Lekin, vakillarimiz bunga imkon berishayotgani yo'q!

6. CHap qanotdan faol tarzda harakat qilgan futbolchimiz to'pni Zabihilloga etkazib berdi. "Bunyodkor" futbolchisi esa to'pni darvozaga joylab qo'ydi!


5. GOOOOOOOOOOOOOL!!!! Zabihillo O'rinboev!

4. O'yin keskin boshlandi! Dam vakillarimiz, dam raqiblar hujum uyushtirmoqdalar.

2. Vakillarimiz maydon markazida raqiblariga nisbatan o'yin qoidasini buzdilar.

1. O'yinni vakillarimiz boshlab berishdi. Ilk hujum vakillarimiz tomionidan amalga oshirildi. Eldor SHomurodovning zarbasini darvozabon bartaraf etdi!

-Demak, boshladik!

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari!

- Uchrashuv soat 17:30da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика