So’nggi yangiliklar

12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  1 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  2 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  0 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  6 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  6 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  5 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  4 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   6 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0 06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0

O'zbekiston U-19 futbolchisi Rian Islomov Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan so'ng: "Biz yana 3ta gol urishimiz kerak edi" Yangiliklar

O'zbekiston U-19 futbolchisi Rian Islomov Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan so'ng: "Biz yana 3ta gol urishimiz kerak edi"

Farhod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan U-20 Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etmoqda.

Garchi bu o'yinlar vakillarimiz uchun norasmiy maqomda o'tayotgan bo'lsada, terma jamoamiz futbolchilari har bir bahsda borlarini berishayotganini ko'rinib turibdi. Kecha guruhdagi kuchli raqib, mezbon Saudiya Arabistoni U-20 terma jamoasiga qarshi maydonga chiqqan hamyurtlarimiz 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Rian Islomovning so'nggi daqiqalarda urgan goli g'alaba keltirdi. O'yindan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik.

- Rian dastlab uchrashuvdan keyingi hissiyotlar, taassurotlar bilan o'rtoqlashsangiz...

- Bizni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytib qolaman. Taassurotlar albatta ajoyib. Boshqacha bo'lishi mumkin emas. Qiyin o'yinda bir oila ekanligimiz o'z so'zini aytdi. Goldan keyin ham diqqatni yo'qotmadik. Oxirigacha kurashdik. 

- Sizni 2019 yildan beri bilaman. O'sha yili Toshkentda o'tgan U-16 Osiyo chemonati saralash bosqichining so'nggi o'yinida Hindistonga so'nggi daqiqalarda gol urib mag'lubiyatdan qutqarib qolgansiz. Qizig'i bu safar ham  saralashda, so'nggi daqiqalarda hal qiluvi golga mualliflik qildingiz. Bu shunchaki tasodifmi?

- Ochig'i nima deyishga ham xayronman. Esingizda ekan, qoyilman (kuladi). Ikki o'yinda ham muhimi jamoamizda katta xohish bor edi. 

- Saudiya Arabistonidagi turnirda raqiblar o'rtasida katta farq bor. Bu o'yinga tayyorgarlik jarayoniga tasir qilyaptimi? 

- To'g'ri aytdingiz. Raqiblar orasida tafovut juda katta. Deylik Maldiv kabi terma jamoalar bilan bahslarda bu bilindi. Har bir yaratgan vaziyatimizni gol bilan yakunladik. Myanmarga esa yana 3ta gol urishimiz mumkin edi.

- Hakamlik qanday o'tyapti? 

- Fikrimcha, adolatli tarzda o'tmoqda. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика