So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  4 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Karima Yo'ldosheva: "Bizning jamoa Osiyo chempionatiga chiqishga qodir" Yangiliklar

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Karima Yo'ldosheva: "Bizning jamoa Osiyo chempionatiga chiqishga qodir"

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi joriy yilning oktyabr oyida Qirg'izistonning Bishkek shahrida Osiyo chempionati saralashining birinchi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

Endilikda Karima Yo'ldosheva boshchiligidagi O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi kelasi yilning aprel oyida Osiyo chempionati saralashining ikkinchi bosqichida ishtirok etishadi. Saralashga jiddiy tayyorgarlik olib borayotgan futbolchilarimiz 10-20 dekabr kunlari Namanganda yig'in o'tkazishdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Karima Yo'ldosheva o'tkazilgan yig'in va kelgusi rejalar haqida O'FA Matbuot xizmatiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Namangandagi yig'in alo darajada o'tdi. Biz 2005, 2004, 2003 va 2002 yillarda tug'ilgan o'smirlar jamoalari bilan 5ta nazorat uchrashuvi o'tkazdik. Jamoamiz taktik va texnik jihatdan ancha o'sganini takidlab o'tish zarur. Nazorat o'yinlari davomida futbolchilarimiz tezkor o'yin, yuksak texnika va maydonda kurashuvchanlik namoyish qilishdi. Eng muhimi futbolchi qizlarning ko'zida g'alabaga bo'lgan ishtiyoqni ko'rish mumkin edi. Ularga g'alabalarga chanqoqlar. Murabbiy sifatida bundan juda xursandman. Bundan tashqari, tarkibdagi futbolchilar bir jamoa sifatida ancha shakllanishganiga ham guvoh bo'ldim.

Yig'in davomida darvozabonlar har tomonlama o'zlarini ko'rsata olishdi. Asosiy tarkibga kirish uchun raqobat juda kuchli. Bu holat har bir futbolchini o'z ustida ko'proq ishlashga undaydi.

Jamoamizdagi bosh qoida – tartib va intizom. Bazi futbolchilar juda istedodli va mehnatkash. Ammo belgilangan tartibga bo'ysunmaydi, bunday futbolchilarga oramizda joy yo'q. Futbolda g'alabalarga erishish uchun tartib va intizomning ahamiyati juda katta.  



Yig'in davomida biz mashg'ulotlardan tashqari Namangandagi 26-sonli Mehribonlik uyiga ham tashrif buyurdik. Biz bu dargohga tez-tez borib turamiz. Bolalar bizni ko'rib, juda xursand bo'lishdi. Ularning ko'zida quvonchni ko'rish juda ham yoqimli bo'ldi. Terma jamoa qizlari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan suhbat uyushtirishdi, keyin esa o'zaro futbol o'ynashdi.

Umuman olganda, bizning yig'inimiz ko'tarinki ruhda o'tganini takidlash zarur. Asosiy maqsadimiz – Osiyo chempionati saralashining ikkinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, musobaqaning final bosqichiga yo'l olish. Keyin esa Osiyo chempionatida yaxshi qatnashib, Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritmoqchimiz. Bizning jamoa o'ziga yuklatilgan vazifani uddalashga qodir. Biz buning uchun yig'inlarda bor kuchimizni sarflab, mashg'ulotlar o'tkazamiz.

Kelgusi rejalar haqida gapiradigan bo'lsak, yanvar oyida “CHig'atoy”da yig'ilamiz. Fevral oyida esa Turkiyada o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishni maqsad qilganmiz. Mart oyida esa Ozarbayjonda xalqaro musobaqada ishtirok etishni rejalashtiryapmiz.

O'z o'rnida bizga yig'inlar tashkil etishda katta yordam berayotgan va zarur bo'lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotgan O'zbekiston futbol associaciyasiga minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman. SHuningdek, Namangan viloyati hokimiyatiga ham tashakkur izhor etaman.  Ayollar futboli rivojiga katta etibor qaratilayotganidan juda mamnunmiz”, - deydi Karima Yo'ldosheva.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика