O'zbekiston U-17 termasi "Bunyodkor" yoshlar jamoasiga yutqazdi
01 iyu 2023 11:24
Yangiliklar


O'zbekiston U-17 termasi "Bunyodkor" yoshlar jamoasiga yutqazdi
O'zbekiston U-17 terma jamoasi Toshkentdagi yig'in doirasida "Bunyodkor" klubi o'rinbosarlar tarkibi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
Qiziqarli o'tgan uchrashuvda terma jamoa 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
O'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston U-17 2:3 "Bunyodkor" (o'rinbosarlar)
O'zbekiston o'smirlar termasi safida gollarni Aminbek Yoqubov va Amirbek Saidov urgan.
Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogiga hozirlik ko'rayotgan O'zbekiston U-17 termasi yaqin kunlarda Malayziyada yig'in o'tkazadi.
Malumot uchun, Tailand mezbonligidagi Osiyo chempionati 15 iyunda boshlanadi. O'zbekiston o'smirlar termasi musobaqa "D" guruhida Yaponiya, Hindiston va Vetnamga qarshi bahs yuritadi.
O’xshash yangiliklar
20:31
Sergey Chigodaev boshchilidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasining bugungi mashg'ulotlaridan suratlar 3

Fikrlar