O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Toshkentda yig'inga kirishdi
05 avg 2014 11:13
Yangiliklar
O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Toshkentda yig'inga kirishdi
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 4 avgust kuni Toshkentda o'zining navbatdagi yig'inini boshladi.
SHu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailandda o'tkaziladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Toshkentdagi yig'in davomida 2ta nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Jumladan, bugun, 5 avgust kuni Mochinov shogirdlari Toshkentning Paxtakor klubi yoshlariga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadilar. Mazkur o'yin JAR stadionida soat 18:00da boshlanadi. O'smirlar terma jamoasining navbatdagi nazorat uchrashuvlari haqida keyinroq batafsil malumot beriladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 15-25 iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkazilgan xalqaro turnirda ishtirok etib qaytgan edi. O'FF Terma jamoalar markazi bergan malumotga ko'ra, terma jamoa Osiyo CHempionati startigacha yana bir necha o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Fikrlar