O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Xitoy Taypeyni mag'lub etdi
09 noy 2015 15:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/188145_original.jpg)
![](/upload/storage/188145_220.jpg)
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Xitoy Taypeyni mag'lub etdi
“V” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi bu turda Xitoy Taypeyga qarshi maydonga tushib, yirik - 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Gollarni Mafutna Panjieva, Maxliyo Nazarqulova hamda SHaxnoza Qurbonovalar kiritishdi.
Eslatib o'tamiz, Bahrom Norsafarov boshchiligidagi jamoa musobaqaning dastlabki o'yinida Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, 4:0 hisobida mag'lub bo'lgandi. Undan keyingi - KXDRga qarshi o'yin ham huddi shunday hisobdagi mag'lubiyat bilan tugadi. Guruh bosqichining so'nggi turidagi g'alabadan keyin O'zbekiston 3 ochko bilan o'z guruhida 3-o'rinni egalladi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Yaponiya hamda SHimoliy Koreya terma jamoalari 7tadan ochko jamg'arib, yarim finalga yo'l oldi. Yarim final yo'llanmasini “A” guruhidan Xitoy hamda Tailand terma jamoalari ham qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar