O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Iordaniyaga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
07 okt 2015 18:34
Yangiliklar


O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Iordaniyaga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi 22 va 25 oktyabr kunlari Toshkentdagi "Jar" stadionida Iordaniya U-16 ayollar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Takidlash kerakki, O'zbeiston U-16 ayollar terma jamoasi Osiyo chempionati
final bosqichiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ushbu turnir 4 - 15 noyabr kunlari
Xitoyda bo'lib o'tadi. Qura natijalariga ko'ra O'zbekiston "V" guruhidan
o'rin olgan. Guruhda yana to'rtta jamoa bo'lib, ular: Xitoy, Eron, Tailand
hamda Janubiy Koreya.
Eslatib o'tamiz, ushbu yosh doirasida amladagi Osiyo chempioni - Yaponiya.
Yaponiya,
Xitoy, KXDR hamda Tailand jamoalari chempionatga avvalgi qita
birinchiligi yakuniga ko'ra to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritgandi. O'z
navbatida O'zbekiston, Eron, Janubiy Koreya va Xitoy Taypey jamoalari Ochiyo
chempionatiga saralash bosqichlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali yo'l
oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar