O'zbekiston U-15 termasi Tojikistonga yetib bordi va ilk mashg'ulotini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2017, 21:51
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi bayrog'i ostida 15 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida CAFA CUP–2017 turniri bo'lib o'tishi haqida xabar berilgandi.

Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligida Tojikistonga jo'nab ketgan O'zbekiston o'smirlar termasi Dushanbe shahriga yetib keldi va ilk mashg'ulotini o'tkazdi.

Dastlabki rejaga ko'ra, musobaqada 6 mamlakatning o'smirlar terma jamoasi – Tojikiston, O'zbekiston, Turkmaniston, Afg'oniston, Qirg'iziston va Eron ishtirok etishi ko'zda tutilgandi. Biroq eronliklar ma'lum sabablarga ko'ra turnirda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.  Avvalroq musobaqaning o'tkazilish kunlari o'zgargani haqida ham ma'lumot berilgan edi.

Demak, quyida yangilangan taqvim bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

U-15 CAFA CUP–2017
Tojikiston, Dushanbe
2–8 iyul, 2017 yil

3 iyul, dushanba


18:00  Qirg'iziston U-15 – O'zbekiston U-15
21:00  Afg'oniston U-15 – Tojikiston U-15

4 iyul, seshanba

18:00  Qirg'iziston U-15 – Afg'oniston U-15
21:00  O'zbekiston U-15 – Turkmaniston U-15

5 iyul, chorshanba

18:00  Turkmaniston U-15 – Qirg'iziston U-15
21:00  Tojikiston U-15 – O'zbekiston U-15

7 iyul, juma

18:00  Afg'oniston U-15 – Turkmaniston U-15
21:00  Tojikiston U-15 – Qirg'iziston U-15

8 iyul, shanba

18:00  O'zbekiston U-15 – Afg'oniston U-15
21:00  Turkmaniston U-15 – Tojikiston U-15

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com