O'zbekiston U-14 chempionati. "Nurafshon U-14" - "Qo'qon-1912 U-14" o'yinidan keyin murabbiylarning fikrlari
07 okt 2021 10:41
Yangiliklar
O'zbekiston U-14 chempionati. "Nurafshon U-14" - "Qo'qon-1912 U-14" o'yinidan keyin murabbiylarning fikrlari
O'zbekiston U-14 chempionatining ikkinchi turida "Nurafshon U-14" - "Qo'qon-1912 U-14" (5:1) jamoalari o'zaro to'qnash keldi.
Mazkur bahsdan so'ng ikki jamoa murabbiylarining fikrlariga quloq tutdik.
Narimon Asanov ("Qo'qon-1912 U-14" bosh murabbiyi) - "Nurafshon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi o'yin bizning kamchilik va xatolarimizni yanada ko'rsatdi. Keyingi uchrashuvlarga bolalarni munosib tayyorlaymiz. Futbolchilarga bu katta tajriba maktabi bo'lmoqda.
Dishod Davlatov ("Nurafshon U-14" bosh murabbiiy) - Bolalarimizga o'yin amaliyoti kerak edi. Turnir davomida mana shunga erishishmoqda. Tashkilotchilik ajoyib. Hamma narsa yaratib berildi. Tarkibimizdagi aksariyat futbolchilar viloyat terma jamoasida o'ynaydi. Tajribali murabbiylar qo'l ostida o'ynashadi. Guruhdan chiqishimiz uchun bir qadam qoldi.
O’xshash yangiliklar
12:41
Islom Ismoilov: "Qurada raqibning ahamiyati yo'q edi, qo'l ostimdagi futbolchilarimga ishonaman" 5
Fikrlar