So’nggi yangiliklar

07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  0 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  1 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2

O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvidan 7ta fakt Yangiliklar

O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvidan 7ta fakt

O'zbekiston milliy terma jamoasi "CAFA Nation's Cup-2023" musobaqasida g'alabali yurishini davom ettirdi.

Ikkinchi turda Turkmaniston raqiblik qilgan o'yinda vakillarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Xo'sh, bu o'yindan so'ng nimalar o'zgardi? Ayrim faktlarni etiboringizga havola qilamiz. 


- O'zbekiston Turkmaniston ustidan o'zaro 11 uchrashuvida 9 g'alabasini qo'lga kiritdi va bu yurt vakillari bilan mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Qo'shnilarimiz o'z tarixida faqat 1 marotaba g'alaba qozongan (1992 yil). 

- "Oq bo'rilar" Turkmaniston bilan 3ta uchrashuvdan beri o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolmoqda. Hamyurtlarimiz so'nggi bor 2001 yil JCH-2002 saralash bosqichida 2ta to'p o'tkazib yuborishgan. 

- Eldor SHomurodov Turkmanistonga qarshi so'nggi 2 uchrashuvda 4ta gol urdi va o'zaro o'yinlarda to'purar bo'lib oldi. Bungacha eng yaxshi ko'rsatkich Mirjalol Qosimovda edi - 3ta gol. 

- O'z uyingda devorlar ham yordam beradi. Srechko Katanec shogirdlari ketma-ket 7ta o'yindan beri O'zbekistonda o'tgan uchrashuvlarda darvozasidan gol o'tkazib yuborayotgani yo'q. Oxirgi marotaba jamoamiz darvozasiga 2022 yil Namanganda o'tgan "Navruz Cup" turnirida Uganda to'p kiritgan (4:2). 

- Eldor SHomurodov O'zbekiston terma jamoasining eng yaxshi to'purariga aylanib oldi. Uning hisobidagi gollari soni 36taga etdi. Bungacha rekordchi Maksim SHackix bilan ko'rsatkichi teng edi (34ta gol). 

- O'tgan turda O'mon bilan o'yinda debyut qilgan yoshlar Abbos Fayzullaev va Abduqodir Husanov milliy terma jamoa libosida maydonga tushgan hisob bo'yicha 2033 va 2034-futbolchi bo'lishdi. 

- Abduvohid Nematov 2 yildan so'ng O'zbekiston terma jamoasi tarkibida asosiy tarkibda maydonga tushdi. U so'nggi bor 2021 yil mart oyida Vadim Abramov boshchiligida Iroqqa qarshi kechgan bahsda darvozani qo'riqlagan edi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика