O'zbekiston termasi Moskvada Rossiyaga qarshi o'ynashga rozi
27 okt 2023 22:58
Yangiliklar
O'zbekiston termasi Moskvada Rossiyaga qarshi o'ynashga rozi
O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov rus matbuotiga bergan intervyusida Rossiya termasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasidagi rejalar haqida gapirib berdi.
"RFI bilan doimiy aloqadamiz, biroq ular bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasida muzokaralar o'tkazmadik. Noyabr oyida buning iloji yo'q, chunki termamiz JCH-2026 saralashi o'yinlarini o'tkazadi. Endi biz kelasi yildagi FIFA kunlari uchun raqiblar qidiryapmiz.
Rossiya va O'zbekiston termalari ishtirokidagi javob o'rtoqlik o'yini bo'lishi ehtimoli yo'q emas. Biz Moskvada yoki boshqa shaharda o'ynashga tayyormiz. SHuningdek, RFI bilan U-17 termalarimiz ishtirokidagi javob o'rtoqlik o'yinini tashkillashtirish niyatimiz bor. So'nggi paytlarda yosh futbolchilarimiz rossiyalik tengdoshlari bilan ko'p o'yinlar o'tkazishyapti", - dedi Odil Ahmedov.
O’xshash yangiliklar
21:51
O'zPFL 2024 yildagi shubhali o'yinlarni tekshirishni so'rab O'FA etika qo'mitasiga xat yuborgan 15
Fikrlar