O'zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan oldin rasmiy mashg'ulot o'tkazdi
17 jan 2015 12:18
Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan oldin rasmiy mashg'ulot o'tkazdi
18 yanvar kuni Osiyo Kubogi-2015 uchinchi turidan o'rin olgan O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Uchrashuvdan bir kun oldin odatga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazdi. "Melburn" stadionidagi mashg'ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq bo'ldi. Mahalliy vaqt bilan soat 18:00da Mirjalol Qosimov shogirdlari mashg'ulotni boshlashdi.
Mashg'ulot avvalida Mirjalol Qosimov barchani o'z atrofiga yig'ib suhbat o'tkazdi.
Islom To'xtaxo'jaev nomalum sabablarga ko'ra alohida tarzda shug'ullandi. Futbolchilar ikki jamoaga ajratilib mashg'ulot o'tkazishdi. Darvozalarni Akbar To'raev va Eldor Suyunov qo'riqlashdi.
"Qizillar": Egor Krimec, Anzur Ismoilov, Server Jeparov, Aziz Haydarov, Jamshid Iskanderov, Sanjar Tursunov, SHuhrat Muhammadiev, Farrux Sayfiev, Bahodir Nasimov.
"Yashillar": Vitaliy Denisov, Akmal SHorahmedov, Timur Kapadze, SHavkat Mullajonov, Vohid SHodiev, Igor Sergeev, Jasur Hasanov, Sardor Rashidov, Lutfulla To'raev.
Jamoadagi futbolchilar 9tadan bo'lgani uchun Odil Ahmedov har ikkala jamoa safida o'ynadi.
Pyotr Gizimchuk Nesterov bilan jiddiy tarzda mashg'ulot olib bordi.
Ertaga mahalliy vaqt bilan soat 20:00da O'zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi o'yin start oladi. (Toshkentda 14:00 bo'ladi).
Mashg'ulot fotogalereyasi yaqin vaqt ichida taqdim etiladi.
Narzulla Saydullaev
Melburn

Fikrlar