So’nggi yangiliklar

14:21АПЛ жамоалари "Шахтёр" ярим ҳимоячисига даъвогар  0 13:55Ўзбекистон U-23 термасининг Саудия Арабистонига қарши тахминий таркиби билан танишинг  24 13:50Футзал бўйича Осиё Кубоги. Афғонистон Ироқни уйига кузатиб қўйди  2 13:22Шенсни "Ювентус" билан шартномасини узайтиришдан бош тортди  2 12:58"Челси" вингерини маълум шартлар асосида қўйиб юборишга тайёр  2 12:31"Милан" "Штутгарт" етакчисига қизиқиш билдиряпти  0 12:05Ши Таэ Йонг: "Ўзбекистон ва Саудия учрашувини стадиондан томоша қиламан. Корея мусобақани эрта тарк этгани учун бироз хафаман"  4 11:40"Интер" эгалари ўзгариши мумкин  1 11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  0 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   6 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  14 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  11

O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvida Venesuela bilan durang qayd etdi Yangiliklar

O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvida Venesuela bilan durang qayd etdi

O'zbekiston - Venesuela uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uzbekistan

Jasur Yakhshiboev - 79'

Friendlies . 1-tur

28/03/2023, 23:00

1
:
1
Tugadi

Venezuela

Alexander Gonzalez - 7'

45'
90'
79'  Jasur Yakhshiboev
7'  Alexander Gonzalez

O'rtoqlik uchrashuvi. 

O'zbekiston - Venesuela 1:1

Gol: Aleksandr Gonsalles 6, 0:1, Jasur Yaxshiboev 77, 1:1

Saudiya Arabistoni. "King Abdullah Sport City Stadium"

Hakamlar: Xolid Alturais, Yosir Alsutan, Abdulrahim Alshamari

O'zbekiston - 12. O'tkir Yusupov - 3. Xojiakbar Alijonov, 15. Umar Eshmurodov, 23. Xusniddin Aliqulov, 13. SHerzod Nasrullaev - 18. Abdulla Abdullaev, 6. Azizjon G'aniev, 7. Otabek SHukurov, 8. Jamshid Iskanderov, 10. Jaloliddin Masharipov - 14. Eldor SHomurodov.

Venesuela: 1. Xoel Graterol, 21. Aleksandr Gonsalles, 5. Junior Moreno, 3. Yordan Osorio, 18. Migel Navarro, 2. Jan Fuentes, 10. Ernesto Torregrossa, 13. Xose Luis Martines, 9. Eduard Bello, 19. Kristian Kasseres, 23. Salomon Randon

MATNLI TRANSLYACIYA



Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

87. O'ZGARISH. O'zbekiston, SHerzod Nasrullaev o'rniga Ibrohimhalil Yo'ldoshev maydonga tushdi. 

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOL. Jasur Yaxshiboev penaltidan hisobni tenglashtirdi. 

77. PENALTI. O'zbekiston terma jamoasi foydasiga. 

73. O'ZGARISH. O'zbekiston, Abdulla Abdullaev o'rniga Jasur Yaxshiboev tushdi. 

70. O'ZGARISH. Venesuela, Kristian Kasseres o'rniga Tomas Rinkon, Eduard Bello o'rniga Jon CHanchelor tushdi. 

69. OGOHLANTIRISH. Aziz Turg'unboev

67. CHETLATISH. Venesuela, Jan Fuentes

57. O'ZGARISH. O'zbekiston, Jaloliddin Masharipov o'rniga Oston O'runov, Eldor SHomurodov o'rniga Bobir Abdixoliqov, Jamshid Iskanderov o'rniga Aziz Turg'unboev, Otabek SHukurov o'rniga Sardor Sobirxo'jaev tushdi. 

55. O'ZGARISH. Venesuela Junior Moreno o'rniga Segovia Peres tushdi. 

54. Nasrullaevdan SHomurodovga salom. Pas golga aylanmay qoldi. 

48. Venesuela darvozamiz tomon yaqinlashmoqda. Raqibning pressingidan chiqib keta olmayapmiz. Bu futbol. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Tanaffus 

45+2. EXXXXX. Og'zimizdagi oshni oldirib o'tiribmiz. Jaloliddin Masharipov panenka uslubdi tepaman deb tepaga tepib yubordi. Menimcha tepada ham darvoza bor, deb o'yladiyov. 

45+1. PENALTIIIII. Navarro SHomurodovni tortib qolib yiqitdi. Tanaffusga durang bilan chiqib ketish imkonimiz bor. VAR bor. Uchrashuvda VAR tizimidan foydalanilmoqda. 

42. OGOHLANTIRISH. Venesuela, Eduard Bello ham hakamning sariq kartochkasini tatib ko'rdi. 

41. Ustunlik raqib tomonida. 

31. O'TKIIIR. Bir sapchib o'rningizdan turib ketgan bo'lsangiz kerak. Yusupov yana bir bor mahoratini ko'rsatib Martinesning zarbasini qaytardi. 

28. Yana Nasrullaev o'zining qanotidan faollik ko'rsatib to'pni uzatib berdi. Alijonovning zarba berishiga raqib himoyachilari qarshilik qildi. 

23. Nasrullaevning yuqorilatib bergan pasini Eldor darvozaga boshi bilan yo'llashga urinib ko'rdi. Noaniq. Lekin oldinga ancha yaqinlashdik. 

16. Raqibimiz jiddiy va kuchli. Ular so'nggi bor 2022 yil sentyabr oyida Islandiyaga mag'lubiyatga uchragan. Biz bilan oldin Saudiya Arabistoni va Suriyadan ustun kelgan edi. 

13. NIHOYAYAYAT. Biz ham hujumga o'tdik. Eldor va Jaloliddin nimadir qilishga harakat qilib ko'rdiku, o'xshamadi. O'xshamasa o'xshamas, o'xshab qolar. 

12. AJOYIIIIIB. O'tkir Yusupov hozirgina o'zining o'tkir seyvi bilan ketma-ket ikkita goldan qutqarib qoldi. Darvozabon yarim jamoa!

8. Otabek SHukurov maydonda etakchilikni qo'lga olmoqda. Vaziyatlar hali yaratganimizcha yo'q. 

6. GOL. Ha, bu gol azizlar. Venesuela o'ng qanotdan hujumga o'tdi, Jarima maydonchasiga kirib to'pni uzatdi. Aleksandr Gonsalles to'pni osonlik bilan darvozamizga tashlab qo'ydi. U kimsan O'zbekiston darvozasini ishg'ol qilganidan xursandchiligi  ichiga sig'mayapti. 

3. OGOHLANTIRISH. Venesuela futbolchisi sariq kartochkani issig'idan eb oldi. U terma jamoamizning yaqqol hujumini ataylab to'xtatib qoldi. 

Hakam xushtakni chaldi. Bu degani o'yin boshlandi. Olg'a O'zbekiston. 

- Venesuela madhiyasiga navbat. 

- O'zbekiston madhiyasi yangramoqda. 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Stadiondagi muxlislardan boshqa barcha shay holatda. Barmoq bilan sanoqli o'zbekistonlik muxlislar stadion tribunalaridan o'rin olishgan. 

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика