So’nggi yangiliklar

16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  2 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  4 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  2 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  7 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  3 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5

O'zbekiston terma jamoasini kim boshqarishi aniq Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasini kim boshqarishi aniq

O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov 6 fevral kuni xorijlik murabbiy bilan muzokara o'tkazish uchun Dubayga uchib ketishi haqida o'z intervyusida malum qilgandi.

Rejaga ko'ra, Umid Ahmadjonov bugun muzokara o'tkazish uchun uchib ketishi ko'zda tutilgandi. Biroq orada MOQ prezidenti etib tayinlangan Umid Ahmadjonov xorijlik murabbiy bilan uchrashuvni biroz kechiktirishiga to'g'ri keldi.

Xabaringiz bor, 9-25 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o'yinlari o'tkaziladi. SHu munosabat bilan Umid Ahmadjonov boshchiligidagi Olimpiadada ishtirok etadigan sportchi, murabbiy va rasmiy shaxslardan iborat O'zbekiston sport delegaciyasi Janubiy Koreyaga jo'nab ketadi.

O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning saytimiz xodimi SHahboz Beg'amovga malum qilishicha, xorijlik murabbiy bilan og'zaki kelishuv amalga oshgan. Barcha masalalar bo'yicha kelishib olingan. Yaqin orada terma jamoamizning bo'lajak murabbiyi bilan uchrashish uchun Ahmadjonov xorijga yo'l oladi. 

Umid Ahmadjonov bu borada muxlislar ortiqcha havotir olmasliklarini so'radi va muzokaraning yakuniy bosqichi nima uchun cho'zilib ketganini aytdi.

"Championat.asia" xodimi SHahboz Beg'amovning ishonchli manbasiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasini portugaliyalik tajribali mutaxassis Karlos Keyrush boshqaradi. Bu haqda saytimiz orqali avval ham elon qilgandik. Ayni paytda Eron  bosh murabbiyi bo'lib turgan Keyrush jamoasini Jahon chempionatiga tayyorlayotgani bois bu haqda rasman elon qilinmayapti.

Demak, O'zbekiston terma jamoasining bo'lajak murabbiyi portugaliyalik mutaxassis Karlos Keyrush bo'ladi.

Reyting: +414   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика