So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  3 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

O'zbekiston terma jamoasi muxlislar klubiga azo bo'lishni istaganlar diqqatiga! Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi muxlislar klubiga azo bo'lishni istaganlar diqqatiga!

O'zbekiston futbol muxlislari klubidan muhim yangilik.
3 iyun kuni soat 16:00da O'zbekiston futbol muxlislari klubi barchani O'zbekiston Futbol Federaciyasi anjumanlar zaliga taklif etadi,

Yig'ilishning maqsadi: O'zbek futbol muxlislari klubiga yangi azolarni qabul qilish, shuningdek klub faoliyati bilan bog'liq bir necha muhim masalalar borasida suxbat.

Barchaga malumki, bugungi kunda O'zbekistonda Barcamania, Madridista, Juventus, Chelsea, Arsenal  kabi bir qator Evropa klublarining rasmiy futbol muxlislari klubi faoliyatini boshlashgan.

O'zbekiston futbol muxlislari klubi esa, bugungi kunda faoliyat olib borayotgan PFL futbol muxlislari klublari, jumladan yuqorida nomi tilga olingan rasmiy va norasmiy muxlislar klublarini bir qanot ostida barcha yosh toifalaridagi O'zbekiston terma jamoalari o'yinlari paytida  qo'llab quvvatlashga chorlaydi.
SHuningdek, muxlislar klubiga azo har bir muxlisga har tomonlama amaliy yordam ko'rsatish hamda muxlislar klublari o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish kabi vazifalarni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Takidlash joiz, O'zbekiston Futbol Federaciyasi qoshidagi O'zbekiston futbol muxlislari klubi o'zining har bir azosiga shaxsiy ID kartochka taqdim etishni joriy qiladi.  (maxsus guvohnoma),

Malumot uchun, ushbu ID kartochka egasi O'zbekiston futbol muxlislari klubining haqiqiy va to'laqonli azosi sifatida bir qator imtiyozlarga ega bo'ladi, Jumladan: O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi barcha rasmiy va o'rtoklik uchrashuvlarga kirish va terma jamoani qo'llab-quvvatlash, qolaversa, terma jamoalarning safar uchrashuvlariga tashrif buyurishlari uchun ham bir qator imtiyozlarga ega bo'lishadi.

Qabul qilish jarayoni qanday kechishi va ID kartasini qo'lga kiritish uchun nimalar talab etilishi borasida malumot:
1.  4 dona 3x4 rasm (Oq fonda)
2.  Pasport nusxasi (yashash manzili bilan)

Futbol muxlislari klubi azolariga eslatma:
-16 yosh va undan kattalar azo bo'lish imkoniyatiga ega.
-avvalgidek muxlislar klubi azoligiga qabul qilinish uchun PFL futbol klublari muxlislar klubi azosi sifatida ro'yxatdan o'tgan bo'lishlari shart emas.  
Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi hamda O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan ishlab chiqilgan  nizomga  hamda muxlislar klubi tomonidan tuzib chiqilgan ichki tartib-qoidalarga amal qilish talab etiladi xolos
-Muxlislar klubiga azolik badal puli yo'q
Qolgan barcha masalalar yig'ilish davomida muhokama qilinadi.

Yig'ilish O'FF majlislar zalida 3 iyun kuni soat 16:00da.

Batafsil malumot uchun:
Telefon +998901759001 (telegram)
Telegram Kanal: @AbdurahmonFazilov
Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика