So’nggi yangiliklar

10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  6 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  2 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  4 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  3 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  10 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  12 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  13 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  5

O'zbekiston terma jamoasi Dubayga uchib bordi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi Dubayga uchib bordi

Teglar :  O'zbekiston MTJ
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 uchinchi saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida BAAning Dubay shahriga uchib bordi.

Avval xabar berilganidek, BAAdagi yig'in 21–24 yanvar kunlari bo'lib o'tadi. Terma jamoa bugunning o'zida mashg'ulotlarga kirishadi.

Amirliklardagi yig'inda ishtirok etadigan futbolchilar tarkibida yana bir o'zgarish yuz berdi. “Lokomotiv” himoyachisi klub yig'inida jarohat olganligi sababli, uning o'rniga “Paxtakor” azosi Akbar Ismatullaev taklif etildi.  

Oldinroq yig'inga taklif qilingan Temurxo'ja Abduholiqov Qatarning “Al-Sayliya” klubi bilan, Server Jeparov esa Eronning “Istiqlol” jamoasi bilan shartnoma imzolab, legioner futbolchilarga aylangani va terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan ularning o'rniga Dostonbek Hamdamov (“Bunyodkor”) va Vladimir Kozakni (“Paxtakor”) taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

Mazkur yig'in FIFA kunlariga to'g'ri kelmaganligi uchun legioner futbolchilar BAAdagi o'quv-mashg'ulotlariga taklif etilmaydi.



“Nasaf” jamoasi OCHL–2017 o'tish bosqichida Bahraynning “Al-Hidd” klubiga qarshi 31 yanvar kuni bahs olib borishi va unga tayyorgarlik ko'rishi sababli qarshiliklar tarkibidan yig'inga futbolchilar jalb etilmadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi yig'in doirasida 22 yanvar kuni Daniya U-23 termasiga qarshi, 23 yanvar kuni esa Gruziya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazadi.

Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi JCH–2018 turniriga saralash boschiqi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi pog'onada bormoqda.

Reyting: -52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика