So’nggi yangiliklar

00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  0 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  20 22:30Денис Коростиченко: "Жамоада катта ўзгаришлар рўй берди. Суперлигада жон сақлаб қолиш эмас, юқорироқ ўрин эгаллашни мақсад қилганмиз"  3 22:09Про лига. "Қўқон-1912" меҳмонда "Машъал" устидан ғалаба қозонди  2 21:35Суперлига. "Локомотив" - "Олимпик" 1:1  1 21:17Суперлига. "Олимпик" ҳамон "тирик" экан, ёш футболчилар "Локомотив" билан дуранг ўйнашди  5 21:10Ольмо "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши маълум бўлди  3 20:45"Челси" тез орада 60 млн евролик трансферни амалга оширади  5 20:17Париж-2024. Франция ва Испаниянинг финал ўйини учун бошланғич таркиблари аниқ  1 19:45ПСЖ 40 млн еврога ҳимоячи сотиб олди  1 19:18"Тоттенхэм" "Борнмут" юлдузини трансфер қилмоқда  1 18:58Про лига. "Машъал" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2 18:41Расман: Дани Ольмо – "Барселона" футболчиси!  10 18:22Ли Карсли Англия терма жамоасининг вақтинчалик устози этиб тайинланди  1 17:59Суперлига. "Локомотив" – "Олимпик". Таркиблар маълум  2

O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni: "Qirg'iziston turnirda o'z maqsadiga ega kuchli raqib" Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni: "Qirg'iziston turnirda o'z maqsadiga ega kuchli raqib"

O'zbekiston futzal terma jamoasining eng tajribali o'yinchilaridan biri Rustam Umarov Osiyo chempionati haqidagi tahminlari va o'z jamoasining maqsadlari bilan bo'lishdi.

- O'zbekiston terma jamoasi o'z uyida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'ryapti. Oldingizdagi asosiy maqsad qanday?

- Jamoamizning asosiy maqsadi - Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish, ammo birinchi navbatda maksimal ochko yig'ib, guruhdan chiqish lozim. Guruhimiz g'olibi "B" guruhidagi jamoa bilan o'ynaydi. U erda Eron bor. Eronga to'g'ri kelib qolmaslik uchun (o'ylashimcha Eron o'z guruhida birinchi o'rinni egallaydi) birinchi bo'lish lozim, shunda bizga Xitoy yoki Iroq raqib bo'lishi mumkin. Bu raqiblar Erondek emas va ular bilan o'ynash osonroq bo'ladi. Keyingi bosqichga o'tish imkoniyati ham ko'proq bo'ladi.

- Terma jamoangiz so'nggi yarim yilda kvalifikaciya va rasmiy bahslardan ozod qilingan, ammo so'nggi ikki oy davomida o'ndan ortiq o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdingiz, yana o'yinlar rejalashtirganmisiz? Bu juda ko'p emasmi?

- O'yin paytida charchoq seziladi, ammo tiklanish uchun etarlicha vaqtimiz bor. Bu uchrashuvlar tufayli taktika va o'yinga oid ko'plab savollar echiladi. Bu savollarni Osiyo chempionati paytida emas, undan oldin hal qilgan yaxshiroq. Fevral oyigacha Qozog'iston va Vetnam terma jamoalariga qarshi o'ynaymiz va ushbu bahslar orqali, murabbiy asosiy tarkibni aniqlab oladi.

- Siz mezbonlik qilgan so'nggi turnirda finalgacha etib borgansizlar (2010 yil). O'sha paytda ham o'z jamoangiz darvozasini qo'riqlayotgan edingiz. 6 yil davomida jamoada qanday o'zgarishlar yuz berdi?


- Jamoa tarkibining 50% o'zgardi, lekin asos o'sha-o'sha. O'yin bo'yicha ko'p narsa o'zgardi va bu turnirda ko'rinadi.

-Vetnamdagi Osiyo chempionatida siz Bohodir Ahmedov qo'l ostida ishlagansiz. Hozir esa boshqa mutaxassis. Bu murabbiylar o'rtasida qanday farq bor? Ishlashdami yoki mashg'ulot jarayonidami?

-2014 yildagi Osiyo chempionatidan oldin hozirgi murabbiy tizimida Ahmedov bilan ishlaganmiz. Ahmedovni juda hurmat qilaman. U tajribali o'yinchi va yaxshi murabbiy. Farq shundaki biz u bilan birga o'sib, xatto birga to'p tepganmiz. U bizni futzalchi sifatida yaxshi tushunadi. Pulpis esa jahonning eng yaxshi murabbiylaridan biri. U bizga oldin bilmagan narsalarimizni ko'rsatdi. Yangi mashg'ulotlar va umuman boshqa taktika.

-Guruhlar haqidagi fikringiz: Liven, Qirg'iziston va Saudiya Arabistoni? Bu jamoalar haqida nima deya olasiz?

-Bizga va guruhdagi jamoalarga oson bo'lmaydi. Qirg'iziston bilan bir necha marotaba maydonda uchrashganmiz. Qirg'iziston turnirda o'z maqsadiga ega kuchli raqib. So'nggi rasmiy uchrashuvimiz 2:2 hisobida yakunlangan. Livan haqida ham shu fikrdaman. Kuchli raqib, 2010 yilda bir guruhdan joy olganmiz. Irodali jamoa. G'alaba qozongan edik, ammo ular hisobni minimum darajagacha qisqartira olishdi. 2014 yilda, Vetnamda Livan safida yangi futbolchilar bor edi va shu sababli, o'ynash oson bo'ldi, ammo so'nggi xabarlarda ular klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida yaxshi ishtirok etganini ko'rdim va Osiyo kvalifikaciyasida jamoa yaxshi qatnashdi. Saudiya Arabistoni haqida hech narsa deya olmayman. Hech qachon o'ynamaganmiz va eshitmaganman, ammo guruhdagi barcha jamoalar bor kuchi bilan harakat qiladi va oson bo'lmaydi!

Futzal bo'yicha XIV Osiyo chempionati 2016 yil 10 dan 21 fevralgacha Toshkentda bo'lib o'tadi.



Umarov Rustam Malikovich

Tug'ilgan sanasi - 26.05.1984

Amplua – Darvozabon

Faoliyat:

2002 – MFK Lochin (O'zbekistan)

2002 – Aksauyt (Qozog'iston)

2004-2008 – Quruvchi (Zarafshon, O'zbekistan)

2008-2009 – Dinamo-Timal (Rossiya)

2009-2010 – CSKA (Rossiya)

2010-2013 – MFK Ardus (O'zbekistan)

2011-2012 – Bunyodkor (O'zbekistan)

2012-2013 – Lokomotiv (O'zbekistan)

2013-2014 – OzenMunayGaz (Qozog'iston)

2014 dan – hozirgacha Olmaliq (O'zbekistan)

2002 yildan O'zbekiston terma jamoasi darvozasini qo'riqlaydi

Muvaffaqiyatlari:

O'zbekiston chempioni (2011, 2013), O'zbekiston Kubogi sohibi (2005, 2012, 2013), Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati finalchisi (2012), Qozog'iston Kubogi broza medali sohibi (2013), Osiyo vice-chempioni (2006, 2010), Osiyo CHempionati bronza medali sohibi (2005, 2007, 2014), Osiyo o'yinlari bronza medali sohibi(2005).


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика