O'zbekiston terma jamoasi bugun Turkiyada ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi
22 iyu 2017 15:19
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi bugun Turkiyada ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi
Bir haftalik yig'in o'tkazish maqsadida Turkiyaga yo'l olgan O'zbekiston terma jamoasi bugun ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Samvel Babayan boshqarayotgan jamoa birinchi nazorat bahsini Eronning "Zob Ahan" klubiga qarshi o'tkazib, 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi. Bugun bo'lib o'tadigan ikkinchi o'yinda Saudiya Arabistonining "Al Taavon" klubi raqiblik qiladi.
"Al Taavon" nomi o'zbek muxlislari uchun begona emas. Bu jamoa shu yil Osiyo chempionlar ligasida "Lokomotiv"ga qarshi bahs olib bordi. Saudiya chempionatini 7-o'rinda tugatgan "Al Taavon" hozir Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Esingizda bo'lsa, bu jamoa o'z maydonida "Loko"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan va Toshkentda 4:4 o'ynagandi. Bugungi uchrashuvdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi ertaga yurtimizga qaytadi.
X.Xoliqov

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar