So’nggi yangiliklar

12:55Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Ўзбекистон 0:2 (матнли трансляция)  4 12:25Харри Кейн ЕЧЛ ярим финалида "Реал"га нечта гол уришини тахмин қилди  16 11:56Футзал бўйича Осиё кубоги. 5-ўрин ва ЖЧга йўл олган сўнгги давлат номи маълум бўлди  5 11:16"Реал" футболчиси "Байер"га йўл олиши мумкин  0 10:25"Рома" Сардор Азмунни "Байер"дан тўлиқ сотиб олиши мумкин, агар...  4 10:03Таиланд пойтахти Бангкок шаҳрида ОФКнинг футзал ва соҳил футболи қўмитаси йиғилиши бўлиб ўтди  0 09:42"Ал Насcр" кетма-кет 7 та ўйинда ғалаба қозонди. Роналду кетма-кет 2 та баҳсда самарали ҳаракат қилгани йўқ  24 09:21"Атлетико" мухлислари Нико Уильямсни "маймун" дейишди, Гризманн ва Коке эса...  18 09:01"Нефтчи" - "Металлург" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 08:39"Барселона" эркаклари қила олмаган ишни аёллар жамоаси амалга оширди  11 08:18МЛС. "Интер Майами"дан йирик ғалаба. Мессида 2+1, Суарес ҳам гол урди  27 07:54Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Индонезия билан ўйинга тайёргарликни бошлади + Ҳусайн Норчаевдан интервью   5 07:30Футзал. Бугун Ўзбекистон бронза медали учун Тожикистон билан ўйнайди  1 07:09Ўзбекистон кубоги. Бугун "Андижон" - "Насаф", "Динамо" - "Навбаҳор" ва яна 4 та ўйин бор  6 06:50Серия А. "Ювентус" - "Милан" 0:0   0

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Gonkong ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?(to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Gonkong ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?(to'liq matbuot anjumani)

JCH-2026 saralashi Gonkonga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin Srechko Katanec va Eldor SHomurodov matbuot anjumanida ishtirok etishdi

- O'yin haqidagi fikrlaringiz

- Birinchi navbatda jamoamni g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Bugun yaxshi o'yin namoyish etdik va ajoyib ish bajardik. Uchrashuvda ko'p vaziyatlar yaratdik, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. Birinchi bo'limning o'zidayoq uchta gol urib, masalani hal etishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda esa raqib darvozasi yaqinida agressivroq o'ynashni boshladik va ikkita gol urdik. SHu bilan o'yin masalasi hal etildi. Bugungi natijadan ko'nglim to'ldi.

Eldor SHomurodov

- Bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Ikkinchi bo'lim avvalida tezkor gol urib, uchrashuvda hisobni ochdingiz. Siz urgan gol bugungi uchrashuvda qanchalik burilish yasay oldi?

- Ikki taymda ham o'yinni to'liq nazorat qildik. Lekin gol ura olmadik. Biz avvaldan ishonch bor edi va 3 ochko bilan qaytishimizga ishongan edim.

- Janob Katanec, bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Eldor SHomurodov jarohatidan forig' bo'lib maydonga qaytdi va bugun gol urdi. Eldor jarohati sababli Osiyo kubogini o'tkazib yuborgandi. "Kalyari" hujumchisi jarohatdan qaytgani jamoangizga qanday tasir o'tkazdi? SHomurodov va SHomurodovsiz jamoa orasida qanchalik katta farq bor?

- Osiyo kubogidan avval ham ushbu gapni ko'p marotaba aytganman. Eldor men uchun eng muhim o'yinchi. SHomurodov terma jamoada tarixidagi eng yaxshi to'purar. U hujumda juda xavfli va to'pni o'zi bilan yaxshi ushlab tura oladi. Afsuski, Osiyo kubogida Eldorsiz o'ynadik. Biroq u vaqt o'tib ketdi va tarixga aylandi. Oldindagi o'yinlar haqida o'ylashimiz kerak.

- Gonkonga qarshi kechgan bugungi uchrashuvda eng qiyinchilik tug'dirgan jihat nima bo'ldi?

- To'g'risini aytsam, raqibimizning boshqa jamoalarga qarshi kechgan o'yinini tomosha qilmadim. Biz Gonkongdan kuchliroq terma jamoamiz va buni tan olish kerak. Lekin o'yin vaqti gol urmasangiz hisob 0:0 bo'lib qolaveradi va raqib sizni jazolashi mumkin. Raqibimiz mezbon sifatida o'ynayotgani uchun ularda ustunlik bor edi, muxlislarning qo'llab quvvatlashi ko'rdingizlar. Bu esa mening jamoamga ruhiy tomonlama bosim o'tkazishi mumkin edi. Bunday o'yinlarda yutqazib qo'yish hech gap emas. Siz vaziyatlar yaratasiz, ammo raqib gol urib ketadi. Murabbiylik tajribamda bunday uchrashuvlar ko'p bo'lgan. Bunday uchrashuvlarda hatto autlar ham juda katta ahamiyatga ega. Bizning tarkibda esa boyi baland futbolchilar ko'p emas va ikkinchi qavatda kurash olib borish qiyin. Bugun esa biz ushbu vazifani uddaladik.

Eldor SHomurodov

- Bugun birinchi bo'limda gol ura olmadingizlar va bu sizlarga qanchalik xalal berdi. Gol urilmagani sababli futbolchilar xavotirga tushishi mumkin edi?

- Futbol 90 daqiqa o'ynaladi. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashdik va g'alaba qozonishimiz kerakligini aytdim. Biz o'z kuchimizga ishondik va tanaffusdan so'ng raqib darvozasini ishg'ol etdik.

- Gonkong terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtirokiga qanday baho berasiz?

- Bu savolga javob berish qiyin. Sababi, Osiyo kubogidan oldin terma jamoa uzoq vaqtli yig'in o'tkazishadi. Gonkong terma jamoasining ishtirokini yaxshi baholayman. Ayniqsa, Eronga qarshi uchrashuvda juda yaxshi in namoyish etishdi va kamida 2-3ta golli vaziyat yaratishdi. Bugun esa ular bitta yaqqol golli vaziyat yaratishganini eslay olmayman. Bu bizning yaxshi tayyorgarlik ko'rganimizdan dalolat. Osiyo kubogida "Ajdarxo"lar hujumda ancha yorqinroq o'ynashgan edi.

- Bugungi g'alabadan so'ng guruhda peshqadam bo'lib oldingizlar. Saralash bosqichining keyingi uchrashuvlari haqida nima deya olasiz?

- Har bir uchrashuv biz uchun juda muhim. Bugungi uch ochko ham katta yutuq. Keyingi uchrashuvda ham shunday o'yin namoyish etishimiz kerak.

Eldor SHomurodov

- Saralash bosqichidagi dastlabki uchrashuvni mehmonda Turkmanistonga qarshi o'tkazdik. Turkmanistondagi maydon holati juda yomon edi. Turkmaniston terma jamoasida o'z o'yinlarini boshqa stadionda o'tkazadi, ammo bizga uchrashuvda ular aynan yomon holatdagi stadionni tanlashdi. Gonkong ham bugun shunday yo'l tutdi. Aslida Gonkong terma jamoasi boshqa stadionda o'ynaydi. Men OFKga murojaat qilmoqchiman, jahon chempionati saralash o'yinlarini bunday stadionda o'tkazish noto'g'ri. Sportchilar jarohat olishi mumkin. Bunday maydonlar talabga javob bermaydi.

Srechko Katanec

- Bugungi maydon o'lchami kichkina edi. Maydon 4 metrga kichkinaroq edi. Qoidalarni hamma uchun ishlashi kerak. Biz kichik maydonda o'ynashga majbur bo'ldik.


Reyting: +50   

Fikrlar

+10   
21 mar 21:01:35
Mirjalolboy
Ўзбеклар индамайди деб атайлаб шунақа қиляптими булар. Уфадаги делегацияси аъзолари бориб ҳақини талаб қилмайдими? Қачонгача шунақа қилишади
+7   
21 mar 22:24:09
Muminjon Majidov
Xayrullo foydalanuvchining fikriga javob berish
Узбекистон мтж бугун ишончни оклади.
Катанец бугун оптимал таркибни майдонга туширди. Асосийси ғалаба қўлга киритилди, Ашурматовни аҳволи яхши бўлса, ўйинни жароҳатларсиз ўтказдик. Катанецга эътироз бўлиши мумкин эмас
+6   
21 mar 22:38:27
International
Мирик с Бухары foydalanuvchining fikriga javob berish
Ғалаба қозонган бўлса ҳам айтаман. Катанец тренермас. Бу ўйин билан ҳеч нарсани қойиллатиб бўлмайди
San va sanga o'xshagan aqllilaga hech kim trenermas, vechno nedovolniysanla. Tolko negativ, tandiq o'rinlimi yo'qmi farqi yo'q. Terma jamoaga Pep Guardiolani obkeb qo'ysayam aybini topasanla. Faqat sanla aqllisanla. O'zi hayotda biror ishi qoyillatganmisan?
+5   
21 mar 21:19:08
SHohjahonErgashev
Adminlar savod bormi o‘zi. Bunaqa maydonda jarohat olish imkoniyati juda yuqori deb yozibsizlar. Imkoniyat so‘zi ijobiy ma'noda ishlatiladi. Aslida jarohat olish xavfi yuqori deyilishi kerak.
+4   
21 mar 22:26:03
Jakhangir Nuriddinov
Katanec malades, rezultat ucun oynavoti, oyincilayam nma qiliwini bilvoti, 2-goldan oldin shukurov pizdesini ewtvoldiku????
+4   
21 mar 21:09:23
Rasul M
Murabbiy va uyinchilarga raxmat...Lekin bazi bir Futbolni f Xarfiga tushunmaydigan savotsiz muxlislarga sizlarga nima kerak...Agar maglub bolsayam nichya qilsayam gapirasizlar yutsaxam gapiryapsizlar Katanes qorqoq deb...Jamoa 0-2ga mexmonda yutdi 10talab gol uraman deb nima keragi bor bunday maydonda kuchni tejab minimal xisobda jaroxatsiz uyinni yakunlagan maqul...Uzbekistonnin Katanes murabbiy bolgandan beri deyarli barcha uyinlarini tomosha wilyapman Katanes raqibga qarab taktika uyin uslubini uzgartirip raqibning xolatiga qarab uyin qurayapdi...Xozirgi kunda bu juda togri qaror sababi uyinchilar uz klublarida Deyarli tanaffussiz Tigiz taqvim asosida maydonga tushushyapdi bu esa Jarohat olishni osonlashtradi...Yuklamalar juda kop...Demak kuchsiz jamoaalarga qarshi kuchni tejab uyin tizginini raqibga bermasdan minimal galaba TUGRİ QAROR...
+3   
21 mar 23:45:52
Oybek Haydarov
Бир пайтлар Бахрайн Билан уйини учун фифага езиб панд еганмиз керак эмас Майли зато галаба накд булди бардавом булсин факат эрон Билан мафарда уйинимиз бор коганини эпласп булади 3 боскич олдидан рейтинг очколарни нормал холга ккелтириб олсак зур буларди.
+3   
21 mar 23:05:40
Shovruq88
Мирик с Бухары foydalanuvchining fikriga javob berish
Ғалаба қозонган бўлса ҳам айтаман. Катанец тренермас. Бу ўйин билан ҳеч нарсани қойиллатиб бўлмайди
Tanishlarizi termaga chaqirmayaptimi?
+3   
21 mar 22:17:36
Muminjon Majidov
Катанец энг оптимал таркибни майдонга туширди, ҳеч қандай эътироз бўлмаслиги керак. Асосийси ғалаба қозонилди ва Ашурматовни аҳволи яхши бўлса жароҳатлар бўлмади
+3   
21 mar 21:29:42
Xayrullo
Узбекистон мтж бугун ишончни оклади.
+2   
22 mar 00:39:49
azamlawer
ЎФА лохга ўхшаб ҳамма нарсага кўниб кетавермасдан ҳаққини талаб қилсинда ОФКдан. Стадионлар масаласида ҳам, бошқа масалаларда ҳам
+2   
21 mar 23:01:06
fc Surxon
UFAdagilar sal talab qilishni o'rganiylar qachongacha terma jamoa haydalgan dalada o'ynaydi
+2   
21 mar 22:31:27
Abror_Tursunov
Eldor mutojaatingni afc ga emas ufa dagi kallavaramlarga bildir. UFA eng katta aybdor aslida shunday maydonlarda o'ynashga majbur ekanimizga.
+2   
21 mar 22:09:57
TeMuR1994
bizi raxbarlar qachon sharafli g'ururli bo'larkan a Turkmanlar sunniy rasvo maydonda kutvosa bular maxalla maydonida kutvosa mexmondo'st degani o'zini yerga urish deganimas mexmonlardi xurmatini joyiga qo'yishdi bilamiz lekin o'z xurmatimizi talab qilishdiyam bilaykda
+2   
21 mar 21:13:26
bekaka
Хурматли УФА илтимос шу мурожатни ОФКга узларинг етказинглар футболчилар эса узларини ишларини майдонда килишаверсин
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика