O'zbekiston Tailandga qarshi to'liq oq libosda maydonga tushadi
13 iyu 2022 22:51
Yangiliklar
O'zbekiston Tailandga qarshi to'liq oq libosda maydonga tushadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasida Tailandga qarshi o'yin o'tkazadi.
Uchrashuvda O'zbekiston milliy terma jamoasi to'liq oq rangda maydonga tushadi, darvozabon esa yashil libosda harakatlanadi.
SHuningdek, mazkur bahsni eronlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Hasan Akrami. Unga qanotlarda Hasan Zeheyri hamda Farhad Moravveji yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa suriyalik Masud Tufaylihga topshirilgan.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 14 iyun kuni Namanganning “Markaziy” stadionida soat 20:30 da start oladi.
Fikrlar