O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Ravshan Haydarovni faxriy unvon bilan taqdirladi
29 dek 2020 20:45
Yangiliklar


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Ravshan Haydarovni faxriy unvon bilan taqdirladi
"O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning qator farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 29 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.
28-dekabr kuni Ko'ksaroyda mukofotlarni topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Etiborlisi, mukofotlanganlar ro'yxatidan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham o'rin olgan bo'lib, tajribali mutaxassisimiz davlat rahbaridan mukofotni qabul qilib oldi.
Malumot o'rnida, Ravshan Haydarov O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligi munosabati bilan “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi” faxriy unvoniga loyiq ko'rilgandi", deya xabar bermoqda O'FA matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar