So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

O'zbekiston - Qirg'iziston uchrashuviga "Rostov"ning sobiq rahbari, ayni paytda agentlik bilan shug'ullanayotgan Yuriy Belous tashrif buyurdi va o'zbek futbolchisini kuzatdi Yangiliklar

O'zbekiston - Qirg'iziston uchrashuviga "Rostov"ning sobiq rahbari, ayni paytda agentlik bilan shug'ullanayotgan Yuriy Belous tashrif buyurdi va o'zbek futbolchisini kuzatdi

Toshkentda bo'lib o'tgan O'zbekiston hamda Qirg'iziston o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinida rossiyalik agent tashrif buyurdi.

Malumotlarga ko'ra, rossiyalik agent Yuriy Belous mazkur o'yinda terma jamoamiz safida harakat qilgan "Bunyodkor" yarim himoyachisi Xurshid G'iyosovning harakatlarini kuzatgan.

Yuriy Belousning feysbukdagi sahifasida terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov hamda sobiq terma jamoalar markazi boshlig'i Asqar Tolibjonov bilan yuklagan surati ham mavjud. 

Yuriy Belous Futbol Market kompaniyasi direktori lavozimida ishlab keladi. SHuningdek, malum vaqt "Rostov" klubi bosh direktori, "Lokomotiv" klubida vice-prezident hamda "Moskva" va "Torpedo" jamoalarida rahbarlik qilgan. Ayni damda esa futbol agenti sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.

Agarda Yuriy Belousga Xurshid G'iyosovning harakatlari maqul kelgan bo'lsa, unda G'iyosov tez orada Rossiya klublarida paydo bo'lib qolish ehtimoli mavjud.

Qayd etish kerakki, Xurshid G'iyosov Qirg'izistonga qarshi o'yinda boshlang'ich tarkibda o'ynadi va uchrashuvning 70-daqiqasida zaxiraga olindi.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика