So’nggi yangiliklar

08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  0 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  1 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  3 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  159 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  15 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4

“O'zbekiston” o'yingohi FIFA standartlariga mos zamonaviy arenaga aylandi Yangiliklar

“O'zbekiston” o'yingohi FIFA standartlariga mos zamonaviy arenaga aylandi

2021 yilgi mavsumda ilk bor O'zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan “Turon” futbol klubining uy o'yingohi hisoblanadigan O'zbekiston arenasi FIFA standartlariga mos xolga keltirildi.

Xususan o'yingohda 4x8 m o'lchamda ulkan “UZLED” elektron monitori hamda  yorug'lik darajasi 2000 lyuks bo'lgan “Philips” svetodiod yoritish tizimlari o'rnatildi, shuningdek 3500 o'rinli qo'shimcha tribunalar qurib bitkazildi.


Mo'jazgina O'zbekiston tumanining Yaypan shaharchasida olib borilayotgan ushbu bunyodkorlik ishlari «Yangi O'zbekiston — yangicha dunyoqarash» shiori ostida jami 45 kun davomida qurib bitkazildi. Muhtaram prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan ezgu islohotlar samarasi natijasida bugungi kunda yurtimizning barcha xududlarida shu kabi ko'ngilochar maskanlar, sport obektlari va muhtasham binolar qad rostlamoqda.



Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, O'zbekiston tumani hokimi SHerzod Yuldashevlarning bevosita qo'llab-quvvatlashlari natijasida endilikda Yaypan shahrida «O'zbekiston» nomi bilan ataladigan zamonaviy sport arenasi foydalanishga topshirildi.



O'yingoh xududida futbol uchrashuvlarini tomosha qilish uchun tashrif buyuradigan muxlislar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan «Turon» futbol klubi brendi aks ettirilgan turli mahsulotlar savdosi «TURON SHOP» do'koni tarmog'i orqali tashkil etilmoqda.

«Turon» futbol klubi jamoasi qo'llab-quvvatlab turgan barcha mutasaddilarga o'z minnatdorchiligini izhor qiladi.

YANGI TARIX UCHUN OLG'A TURON!

Reyting: +78   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика