O'zbekiston OTJ nazorat uchrashuvida "Lokomotiv" o'rinbosarlarini 3:1 hisobida mag'lub etdi
15 apr 2018 21:27
Yangiliklar


O'zbekiston OTJ nazorat uchrashuvida "Lokomotiv" o'rinbosarlarini 3:1 hisobida mag'lub etdi
Bugun O'zbekiston OTJ yig'in doirasida "Lokomotiv" klubi o'rinbosarlariga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi. O'zbekiston OTJ tarkibida gollarga Jahongir Abdusalomov, SHahzod Ubaydullaev va Ilhom Alijonov (penaltidan) kiritdi.
O'zbekiston OTJ "Lokomotiv" o'rinbosarlariga qarshi nazorat uchrashuvini quyidagi tarkibda boshladi: Mashhur Muxammadjonov, Samandar SHukurillaev, Husnuddin Aliqulov, Abubakir Mo'ydinov, Doniyor Hoshimov, Abdulla Abdullaev, Sanjar Qodirqulov, Farrux Ikromov, Rasul Yuldashev, Abror Ismoilov, Mirjahon Mirahmadov. Ikkinchi bo'limda tarkib butunlay yangilanib, zaxiradagi futbolchilarga ham imkon berildi.
Uch kun davom etgan o'quv-mashg'ulot yig'inida murabbiylar shtabi Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilarni sinovdan o'tkazib, ularning hujum va himoyadagi taktik va texnik harakatlarini shakllantirish borasida ish olib borishganini ham alohida takidlab o'tish kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar