O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi "CHig'atoy"da yig'in o'tkazmoqda
07 dek 2018 10:49
Yangiliklar
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi "CHig'atoy"da yig'in o'tkazmoqda
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ayni kunlarda "CHig'atoy" sport bazasida yig'in o'tkazmoqda.
Bu haqida O'FA rasmiy sayti xabar berdi.
Jamoa bosh murabbiyi Azamat Abduraimov yig'in davomida 50 nafarga yaqin futbolchilarni ko'zdan kechirishni maqsad qilgan.
Yig'inning dastlabki kunlarida terma jamoada hali o'yin o'tkazmagan, avvalgi yig'inlarda ishtirok etmagan futbolchilar qatnashishdi. Ular 6 dekabr "Spartak" (Toshkent)ning 2004 yilda tavallud topgan futbolchilariga qarshi nazorat o'yini o'tkazib, 1:1 hisobida durang qayd etishdi.
Yig'inning ikkinchi qismida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining asosiy tarkib futbolchilar qatnashadi. Ular yig'in davomida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Yig'in 10 dekabrga qadar davom etadi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar