O'zbekiston Osiyo Kuboklarida Saudiya Arabistonini faqat bir marta mag'lub etgan
15 jan 2015 13:24
Yangiliklar

O'zbekiston Osiyo Kuboklarida Saudiya Arabistonini faqat bir marta mag'lub etgan
18 yanvar kuni Osiyo Kubogi-2015 guruh bosqichi, 3-turi doirasidagi O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bugunga qadar ikki jamoa qita chempionatlari final bosqichida 3 bor to'qnash kelgan.
2000 yil Livanda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida Saudiya Arabistoni O'zbekistonga javobsiz 5ta gol urishga erishgan.
2004 yil Xitoy bu jamoalar ikkinchi bor o'zaro o'ynashgan. Bu safar Aleksandr Geynrix tomonidan urilgan gol arablarni mag'lubiyatini taminlagan edi - 1:0.
Ushbu jamoalar 2007 yilgi Osiyo Kubogida ham o'zaro kuch sinashishgan. Musobaqaning chorak finalida O'zbekiston terma jamoasi Indoneziyada Saudiya Arabistoniga 1:2 hisobida yutqazib qo'ygan. O'sha yil arablar qita chempionatida finalga qadar etib borib hal qiluvchi bahsda Iroqqa yutqazib qo'yishgandi.
Faqat Osiyo Kuboklaridagi o'yinlarni hisobga olsak Saudiya Arabistonida ikkita, O'zbekistonda bitta g'alaba bor. Yakshanba kungi bahsda kimga omad kulib boqishini o'yin ko'rsatib beradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi chorak finalga chiqishi uchun mana shu o'yinda faqat g'alaba qozonishi shart. Boshqa har qanday natija Saudiya Arabistonini keyingi bosqichga olib chiqadi.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar