O'zbekiston Osiyo Kubogi-2015ga yo'llanma oldi!
19 noy 2013 18:56
Yangiliklar

O'zbekiston Osiyo Kubogi-2015ga yo'llanma oldi!
Osiyo kubogi-2015 saralashi doirasidagi Gonkong - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ushbu sahifada o'yinning natijasi va asosiy vaziyatlari bilan tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.
O'yinning 6-daqiqasida O'zbekiston juda yashi imkoniyatga ega bo'ldi. Vohid SHodievning bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegdi. 13-daqiqada vakillarimiz chap qanotdan hujum tashkil qilishdi, himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi. 14-daqiqada o'ng qanotdan etkazib berilgan to'pni Vohid SHodiev boshi bilan darvozaga zarba berdi, to'pni darvozabon ushlab oldi. 18-daqiqada Jamshid Iskanderovning burchakdan oshirib bergan to'pini darvozabon mushtlari bilan urib yubordi. Sardor Rashidov jarima maydonimiz yonida raqibni yiqitdi, jarima to'pini himoyachilarimiz bartaraf etishdi. 20-daqiqada O'zbekiston to'pni o'zida saqlab turdi va hujumga o'tishga urindi, ammo raqiblar hujumni to'xtatishdi. Ustunlik vakillarimizda, goknongliklar butun jamoa bo'lib himoyalanishmoqda. 22-daqiqada Rashidov burchak to'pini ishladi. Ketma-ket ikki bor amalga oshirilgan burchak to'pi natija bermadi. Jarima maydoni yonida Li CHi Xo Iskanderovni yiqitdi, jarima to'pi vakillarimiz tepishadi. Jamshidning amalga oshirgan zarbasidan so'ng Yapp Xun Fay to'pni qaytarib yubordi. Keyingi vaziyatda Denisovning yon chiziqdan otib bergan to'pini SHodiev boshi bilan darvozaga yo'lladi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. 25-daqiqada Davron Hoshimov jamoamizning uzoq davom etgan hujumini qanotdan uzatib bergan to'pi bilan yakunladi. To'p darvozabon qo'lida. Keyingi daqiqada Davron Hoshimov chamasi 25 metrlardan erlatib zarba berdi, to'p darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi. 30-daqiqada o'ta xavfli vaziyat sodir etildi, Sergeev jarima maydoni ichiga kirib darvozaning uzoq ustuni yonidagi Rashidovni to'p bilan taminladi, Sardorning zarbasini himoyachi qaytardi. Vohid SHodiev to'p uchun intilayotganda darvozabon bilan to'qnashib ketib yiqilib tushdi. 32-daqiqada Igor Sergeev to'p uzatilayotgan vaqtda o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. 35-daqiqada Iskanderovning zargarona pasidan so'ng Sergeev darvozaga zarba berdi, himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi. Burchak to'pini ham himoyachilar baratarf etishdi. 38-daqiqada Islom To'xtaxo'jaev chap qanotda Denisovga to'p uzatdi, Vitaliyning darvoza tomon yo'llagan zarbasidan so'ng to'p Yapp Xun Fayning qo'liga borib tushdi. 40-daqiqada Gonkongning kam sonli hujumlaridan biri o'yindan tashqari holat sabab uzilib qoldi. 41-daqiqada Vitaliy Denisov to'pni Rashidovga uzatdi, Sardorning jarima maydoni markaziga uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi. 42-daqiqada Sergeevda imkoniyat bo'ldi, noaniq. Keyingi daqiqada Rashidov o'zi ishlagan burchak to'pini amalga oshirdi, to'pni Islom To'xtaxo'jaev boshi bilan darvozaga noaniq tarzda yo'lladi. 45-daqiqada CHeun Kin Fung o'z jarima maydoni yonida Rashidovni yiqitdi, hakam raqiblar vakiliga qizil kartochka ko'rsatdi. Ahmedovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Odilning o'zi darvozaga yo'lladi, noaniq. Dastlabki bo'lim yakunlandi. Hozircha 0:0.
Ikkinchi bo'lim boshida Gonkong safida hujumchi o'rniga himoyachi tushdi. O'zbekiston safida esa Bahodir Nasimov maydonga tushdi. U himoyachi Davron Hoshimovni o'rnida harakat qilmoqda. SHu tariqa jamoamiz ikkinchi bo'limni uch nafar hujumchi bilan o'ynamoqda. Raqib 10 kishi bo'lib o'ynayotganini ham eslatib o'tamiz. 50-daqiqada Rashidov burchak to'pini amalga oshirdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi. 51-daqiqada hisob ochilishi mumkin edi, chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Vitaliy Denisovning yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. Ikkinchi bo'lim boshida Haydarovning chiroyli va aqlli pasidan so'ng o'ng qanotga o'tgan Rashidov darvozabon bilan birga bir qoldi, ammo zarbasi noaniq ketdi. 57-daqiqada To'xtaxo'jaev jarima maydoni yonidan darvozaga kuchli zarba berdi, to'p darvozaning uzoq ustuni yonidan o'tib ketdi. 59-daqiqada Denisov raqibning hujumini uzib qo'yib o'zi jamoamizning hujumini boshladi, Sergeevning jarima maydoni ichiga kirib yo'llagan zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. 62-daqiqada Odil Ahmedovning kuchli va aniq zarbasidan so'ng Yapp Xun Fay to'pni qaytardi. 63-daqiqada Iskanderov to'pni jarima maydoni ichiga oshirib berdi, to'pni to'xtata olmagan Nasimov o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi. Rashidovning o'ng qanotdan oshirgan to'pini himoyachilar qaytarishdi, Iskanderov burchak to'pini amalga oshirdi. Vakillarimiz hujumda qoida buzishdi. 65-daqiqada To'xtaxo'jaevning to'p uzatishidan so'ng SHodiev boshi bilan darvozaga aniq zarba berdi, Yapp Xun Fay yana o'zini ko'rsatdi. Keyingi daqiqada Odil Ahmedovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. O'zbekiston Gonkong darvozasiga 300 daqiqadan buyon gol ura olmayapti... 68-daqiqada Iskanderov darvozaga zarba berib ko'rdi, himoyachiga tekkan to'p darvozabon qo'liga borib tushdi. Vakillarimiz katta kuch bilan hujumga o'tishmoqda, Rashidov, Iskanderovning zarbalari darvozaga etib bormayapti. 70-daqiqada Odil Ahmedovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi. 73-daqiqada Rashidovning kuchli zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 75-daqiqada Jamshid Iskanderov o'rniga SHavkat Salomov maydonga tushdi. 76-daqiqada Nasimov juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Keyingi daqiqada Odil Ahmedov o'z omadini sinab ko'rdi, zarbadan so'ng posbon to'pni qo'lidan chiqarib yubordi. Yana Ahmedov, yana darvozabon... 79-daqiqada Salomovning uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi, Nasimov darvozabonga nisbatan qo'pol o'ynadi. 82-daqiqada maydon egalari juda xavfli vaziyat yaratishdi, yaxshiyam Eldor Suyunov ikki marta jamoamizni qutqardi. SHu daqiqada Sergeev o'rniga Jeparov maydonga tushdi. 83-daqiqada Vohid SHodiev hisobni ochdi - 0:1. To'xtaxo'jaevning raqib jarima maydoni ichidagi faolligidan so'ng SHodiev to'pni darvozag yo'lladi. 85-daqiqada Gonkong hujumga o'tib Suyunovni yana bezovta qilishdi. 89-daqiqada Salomovning pasidan so'ng Odil Ahmedov darvozani ishg'ol qildi - 0:2. 90+2-daqiqada raqiblar jarima to'pini amalga oshirishdi, Eldor Suyunov o'z o'rnida.
GONKONG - O'ZBEKISTON 0:2
Hakamlar: Navaf SHukralla, Yosir Tulefat, Ibrohim Muborak Solih, Jamil Juma Muhammad (barchasi Bahrayn)
Gollar: Vohid SHodiev, 83 - 0:1. Odil Ahmedov, 89 - 0:2.
Gonkong: 1.Yapp Xun Fai, 2.Li CHi Xo, 4,Bae Xi, 7.CHan Siu Ki (22.Jeyms Makki, 80), 10.Lam Ka Vai (3.Visdom Agbo, 46), 12.Lo Kvan Ye, 13.CHeun Kin Fung, 15.Naedelin Endi Xannes, 16.Leun CHun Pong, 20.CHan Man Fai (23.Yingzi Ju, 72), 21.Kvok Kin Pong.
Zaxira: 18.Leung Xing Kit, 19.Vang Zenpeng, 3.Visdom Agbo, 5.Vong Vai, 6.Xuang Yang, 8.Li Xong Lim, 9.Lam Xok Xei, 11.Godfred Karikari, 14.Jonatan Jak Sili.
O'zbekiston: O'zbekiston: 12.Eldor Suyunov, 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 13.Davron Xoshimov (11.Bahodir Nasimov, 46), 19.Vitaliy Denisov, 7.Aziz Haydarov, 9.Odil Ahmedov, 14.Jamshid Iskandarov (22.SHavkat Salomov, 75), 23.Sardor Rashidov, 15.Vohid SHodiev, 10.Igor Sergeev (8.Server Jeparov, 82)
Zaxira: 1.Murod Zuhurov, 21.Aleksandr Lobanov, 3.SHavkat Mullajonov, 4.Dilshod Jo'raev, 6.Ivan Nagaev, 16.SHaxzod Nurmatov, 17.Sanjar Tursunov, 18.Fozil Musaev.
Ogohlantirish: CHan Siu Ki 77,
CHetlatish: CHeun Kin Fung 45.

Fikrlar