So’nggi yangiliklar

10:54"Реал Мадрид" ёзда яна футболчи сотиб оладими? Анчелотти жавоб берди  0 10:26Англия грандидан 70-80 очко олиб ташланиши мумкин  0 09:52Элдор Шомуродов фаолиятини Италия футболи афсонасининг жамоасида давом эттириши мумкин   10 09:28Георгий Мамардашвили "Ливерпул"га ўтади ва АПЛнинг бошқа жамоасига ижарага бериб юборилади  1 09:00Криштиану Роналду самарадорлигининг учта сирини ошкор қилди  5 08:31Аббосбек Файзуллаев айни вақтда ЦСКАдаги мотивацияси нима эканлигини маълум қилди  0 08:04Тен Хаг МЮнинг АПЛнинг янги мавсумидаги илк учрашувидан сўнг нималар деди?  6 07:33ОЧЛ-2. "Насаф"нинг ўйинлар тақвими билан танишинг  7 04:04Футзал. ЖЧ-2016. Ўзбекистоннинг дебюти, кўзи ожиз болакайга қилинган совға ҳамда "футзал Пелеси"нинг хайрлашуви ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Фулхэм" 1:0, 42 миллионлик трансфер гол урди  1 02:31ЛаЛига. "Севилья" дуранг билан бошлади  1 01:53АПЛ. "Манчестер Юнайтед" янги футболчисининг голи эвазига мавсумни ғалаба билан бошлади  23 01:49Франция чемпионатига старт берилди: ПСЖ мавсумни сафардаги "қийин" ғалаба билан бошлади  1 01:45Германия Кубоги. "Бавария" катта қийинчиликсиз кейинги босқичга йўл олди (+ВИДEО)  0 01:16Энцо Мареска таркибда 43 футболчи борлиги ҳақида: "Бизга яна футболчилар керак"  11

O'zbekiston o'rtoqlik o'yinida Yangi Zelandiyani mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston o'rtoqlik o'yinida Yangi Zelandiyani mag'lub etdi

O'zbekiston va Yangi Zelandiya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
O'rtoqlik o'yini.

O'zbekiston - Yangi Zelandiya 3:1


Gollar
: Odil Ahmedov (41, 58), Server Jeparov (77), Jeremi Broki (87).

O'zbekiston
: 12.Ignatiy Nesterov, 5.Anzur Ismoilov, 3.SHavkat Mullajonov, 7.Aziz Haydarov, 9.Odil Ahmedov (Vohid SHodiev, 82), 17.Sanjar Tursunov (Sardor Rashidov, 65), 8.Server Jeparov (Farruh Sayfiev, 82), 10.Farhod Tojiev (Navro'z Alimov, 46), 15.SHuhrat Muhammadiev (Bobur Yo'ldoshev, 88), 18.Temur Kapadze, 19.Vitaliy Denisov (Salim Mustafoev, 82).

Zaxira
: 21.Eldorbek Suyunov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 2.Salim Mustafoev, 4.Bobur Yo'ldoshev, 6.SHerzod Fayziev, 13.Dilshod Jo'raev, 22.Farruh Sayfiev, 23.Sardor Rashidov, 14.Vohid SHodiev. 16.SHahzod Nurmatov, 11.Navro'z Alimov.

Yangi Zelandiya
: 1.Glenn Moss, 15.Strom Rouks, 2.Uinston Rid, 27.Tom Doyl, 22.Endryu Durante, 6.Bill Tuiloma (Kameron, 80), 8.Maykl Makglinshi, 13.Jeyms Kris (Tim Peyn, 64), 17.Kostas Barbaruses (Jeremi Broki, 80), 7.Tayler Boyd, 20.Kris Vud.

Zaxira
: 12. Tamati Uilyams, 4.Ben Sigmund, 14.Joel Stivens, 16.Jeremi Broki, 18.Tim Peyn, 19.Maykl Boksall, 21.Kameron Xovison.

Ogohlantirish
:Tom Doyl (16).

                                 MATNLI TRANSLYACIYA
                                          
YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! G'alaba muborak!


90. O'zbekiston terma jamoasining navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi.

89. Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

88.
SHuhrat Muhammadiev o'rniga Bobur Yo'ldoshev maydonga tushdi.

88.
Hozirgina maydonga tushgan Jeremi Broki hisobni qisqartirdi.

87. GOL! Jeremi  Broki!

85. Vohid SHodievdan to'pni qabul qilib olgan Navro'z Alimovdan super zarba! Glen Moss mahorat ko'rsatdi.


83.
Bugun muxlislarimiz Server Jeparovdan "salto", Odil Ahmedovdan dubl ko'rishdi.

82. Vitaliy Denisov o'rniga Mustafoev, Odil Ahmedov o'rniga Vohid SHodiev va Server Jeparov o'rniga Farruh Sayfiev tushirildi.

80.
Bill Tuyiloma o'rniga Kameron Xovison tushdi.

79.
Mirjalol Qosimov shogirdlari hujum qilishda davom etishmoqda.

78. Temur Kopadze jarima maydonchasi ichidan to'pni markazga Jeparovga uzatdi va Server bu vaziyatni aniq harakat qildi va hisobni yiriklashtirdi, 3:0!

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL! SERVER JEPAROV!

74.
Temur Kopadze jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisini aldashga kirishib ketdi va natijada to'pni oldirdi.

73. Odil Ahmedovning uzatmasi manzilga aniq etib bormadi.

71.
Sardor Rashidov o'z uslubida raqib himoyachisini ortda qoldirdi va to'pni darvozaga tepdi. Xavfli zarba.

70.
Yangi Zelandiya aytarli vaziyatlar ham yarata olayotganicha yo'q.

69.
Vitaliy Denisovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

68. Xavfli vaziyat!
Server Jeparovning ajoyib pasidan so'ng Sardor Rashidov darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib bordi va zarba yo'lladi. Lekin Moss ishonchli harakat qildi va xavfni bartaraf etdi.

67. Yangi Zelandiya terma jamoasi oldinga borishga intilmoqda. Lekin himoyachilarimiz ishonchli harakatlari bilan bunga yo'l qo'yishmayapti.

65.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibida o'zgarish. Sanjar Tursunov o'rniga Sardor Rashidov maydonga tushirildi.

64.
O'zgarish. Jeyms Kris o'rniga Tim Peyn tushdi.

63.
Strom Roks va Sanjar Tursunov o'zaro kelishmay qolishdi va orani ochiq qilishga tushib ketishdi. Kerak emas!

61.
Vakillarimiz hujum qilishni kanda qilishmayapti.

60. Odil Ahmedov bugun ajoyib uchrashuvni o'tkazmoqda. Umuman olganda, terma jamoamiz o'yini kishini xursand qilmoqda.

59. Odil Ahmedov jarima maydonchasi ichidan to'pni darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi, 2:0!


58. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Odil Ahmedov!


56. Xavfli vaziyat!
Sanjar Tursunov qulay vaziyatni yo'qqa chiqarmoqda. Tursunov pas berish o'rniga qizg'anchilik qildi. Darvoza ustunidan qaytgan to'pga Jeparov zarba berdi. Lekin himoyachi so'nggi pallada to'pni qaytarib qoldi. Ochiq darvozaga kuchsiz zarba yo'llandi. Jeparov sal kuchliroq tepsa ham bo'lardi.

54.
Uchrashuv O'zbekiston terma jamoasi ustunligi ostida davom etmoqda.

53.
Burchak to'pi xavfli ko'rinish oldi. Lekin to'p darvozadan o'rin olmadi.

52.
Sanjar Tursunov darvozani ishg'ol etishi mumkin edi. Uning qanotdan kirib kelib tepgan zarbasini Glen Moss qaytardi. Burchak to'pi.

51.
To'p vakillarimizda. Pozicion hujumga tashkil etilmoqda.

50.
Server Jeparov ochilib borayotgan Ahmedovga to'pni tashllash o'rniga orqaga uzatdi. Natijada hujum uzilib qoldi.

48.
Yangi Zelandiya futbolchisi maydonda yotganligi sabab Temur Kopadze to'pni maydondan chiqarib yubordi.

47.
Farhod Tojiev o'z o'rnini Navro'z Alimovga bo'shatib berdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!

45.
Yangi Zelandiya burchak to'pi tepdi. Lekin ularning bu urinishlari samarasiz yakunlandi.

44.
Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

43. O'zbekiston ajoyib o'ynamoqda. Hujum, hujum va yana hujum... Qoyil!

42.
Server Jeparov jarima maydonchasi oldida raqib futbolchilarini aldadi va to'pni Odil Ahmedovga qoldirdi. Odil esa bu vaziyatda aslida qanday harakat qilish kerakligini amalda ko'rsatib berdi.  Ajoyib zarba va chiroyli gol!

41. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ODIL AHMEDOV!

40.
Bu safar Temur Kopadze zarba berishga urinib ko'rdi.

39.
Odil Ahmedovning yana uzoqdan bergan zarbasi va yana Glen Moss!

38.
Ignatiy Nesterov to'pga birinchi bo'lib chiqib keldi va xavfni bartaraf etdi.

36.
Vakillarimiz jarima to'pini amalga oshirishdi. Lekin bundan naf chiqmadi.

35. Xavfli vaziyat!
Odil Ahmedovning kuchli zarbasini Glen Moss qaytarib yubordi!

34. Xavfli vaziyat!
Server Jeparovdan ajoyib pas av Sanjar Tursunovning zarbasi! Lekin Moss o'z o'rnida!

33.
Jamoalar birin-ketin hujum qilishdi. Har ikkala vaziyatda ham himoyachilar ishonchli harakat qilishdi.

31.
Aziz Haydarov uzoq masofadan Glen Moss qo'riqlayotgan darvoza tomon zarba yo'lladi. Lekin noaniq.

29.
Kris Vud darvozamiz tomon kirib borayotgan bir vaziyatda Anzur Ismoilov o'zining ishonchli harakati bilan undan to'pni olib qo'ydi.

27.
Odil Ahmedovning faolligi evaziga hujum tashkil etildi. Farhod Tojievning jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

25. Kostas Barbarusesning zarbasi xavfli chiqdi. Lekin darvozaga aniq bormadi.

23.
O'yin tempi o'rtacha.

21.
O'zbekiston terma jamoasining navbatdagi hujumi xavfliroq chiqqandek bo'ldi. Ammo Yangi Zelandiya himoyachilari bu safar ham ishonchli harakat qilishdi.

20.
Ignatiy Nesterov jamoamizni goldan saqlab qoldi. Jarima to'pidan uzatib berilgan to'pga Yangi Zelandiya futbolchisi bosh bilan zarba berdi va Nesterov to'pni egallab oldi.

19.
Yangi Zelandiya hujumga o'tmoqda.

17.
Navbatdagi standart vaziyatidan ham samara chiqmadi. Jeparovni jarima maydonchasi ichiga tashlab bergan to'pini himoyachilar bartaraf etishdi.

16.
Tom Doyl Ravshan Ermatov tomonidan ogohlantirildi.

15.
Server Jeparov amalga oshirgan jarima to'pi ish bermadi.

14.
SHuhrat Muhammadiev o'z qanotidan yorib kirayotgan vaziyatda raqib uni to'xtatib qoldi. Jarima to'pi.

13.
Kichik "tanaffus"dan so'ng Yangi Zelandiya ham jarima maydonchamizga kirib keldi.

11.
Sanjar Tursunovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

9. Odil Ahmedov faollik ko'rsatdi. Lekin bu samara keltirmadi. Hozircha kurash ko'proq maydon markazida kechoqda.

7.
Kichik ustunlik vakillarimiz qo'lida.

6. Odil Ahmedovning qanotdan etkazib bergan to'piga Temur Kopadze boshi bilan zarba berdi. Lekin biroz noaniq.

5.
Jeparov burchak to'pini noaniq amalga oshirdi. Uning uzatib bergan to'pi maydonni tark etdi.

4.
Vakillarimiz oldinga borishmoqda. Ketma-ket ikkinchi burchak to'pi.

3. Vitaliy Denisov chap qanotdan hujum tashkil etdi. Lekin Server Jeparov tomon uzatib berilgan to'pni raqib himoyachilari olib qo'yishdi.

2. Yangi Zelandiya burchak to'pi ishlab oldi. Lekin himoyachilarimiz xavfni bartaraf etishdi.

1. Uchrashuv boshlandi!


O'zbekiston oq, Yangi Zelandiya qora libosda harakat qiladi.

Bugun uchrashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Endi navbat davlatimiz madhiyasiga...

Yangi Zelandiya davlati madhiyasi jaranglamoqda...

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

O'yin boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda. Muxlislar tashrifi esa davom etmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi fan-klubi azolari faollikni boshlab yuborishdi.

Stadionga hozircha taxminan 2500 muxlislar kelishgan. Kutilganidek, anshlag bo'lmasligi deyarli aniq.

Jamoalar o'yin oldi chigalyozdi mashqlarni bajarishmoqda.

Assalomu alaykum qadrlifutbol ishqibozlari! Bugun Milliy terma jamoamiz Yangi Zelandiya bilan o'rtoqlik bahsida kuch sinashadi. Ushbu bellashuvdan matnli onlayn translyaciyani amalga oshiramiz.

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика