O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailandda ilk mashg'ulotini o'tkazdi
02 jan 2020 19:53
Yangiliklar


O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailandda ilk mashg'ulotini o'tkazdi
Musobaqaga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini 16 dekabr – 1 yanvar oralig'ida BAAda olib borgan Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz bugun Tailandga etib kelishdi.
Terma jamoamiz ertaga Bangkokda musobaqa oldidan yakuniy o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi. Unda olimpiyachilarimizga Qatar olimpiya termasi raqiblik qiladi. Uchrashuv “SCG Stadium” o'yingohida bo'lib o'tadi. Bugun erta tongda Bangkokka etib kelgan terma jamoamiz tushdan so'ng mazkur stadionning zaxira maydonida mashg'ulot o'tkazdi.
Takidlash joiz, Qatar bilan o'yindan keyin terma jamoamiz musobaqa doirasidagi ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazadigan Songxla shahriga yo'l oladi.
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi qita chempionatidagi ishtirokini 9 yanvar kuni Eronga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Songxla shahridagi “Tinsulanon” stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar