O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarni mag'lub etdi
28 dek 2015 10:56
Yangiliklar


O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarni mag'lub etdi
Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi terma jamoa Qatarga qarshi uchrashuvda ancha yaxshi harakat qildi yakunda 2:0 hisobida g'alaba qozondi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safidagi gollarga ikkinchi bo'limda Akrom Komilov hamda Doston Tursunov mualliflik qilishdi.
Takidlash joiz, Qatar terma jamoasiga qarshi uchrashuv bilan O'zbekiston olimpiya terma jamoasining ikkinchi yig'ini yakunlandi. Bungacha, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'in davomida KXDR olimpiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushib 4:2 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, yana bir nazorat uchrashuvida Suriyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
Doxa, Qatar.
27 dekabr.
O'zbekiston (U23) – Qatar (U23) – 2:0.
Gollar: Akrom Komilov (73), Doston Tursunov (90).
O'zbekiston U23: Abdumavlon Abdujalilov, Akrom Komilov, Doston Tursunov, Maksimilian Fomin (Jamshid Boltaboev, 46), Muhsinjon Ubaydullaev, Otabek SHukurov, Javohir Sohibov, Jamshid Iskanderov (Ikrom Aliboev, 70), Igor Sergeev (Husniddin G'ofurov, 66), Doston Hamdamov (Jaloliddin Masharipov, 70), Eldor SHomurodov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar