So’nggi yangiliklar

07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  0 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  3 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  6 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  2 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  6 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1

O'zbekiston MTJning noyabr oyiga rejalashtirilgan o'quv-mashg'ulot yig'ini boshlandi Yangiliklar

O'zbekiston MTJning noyabr oyiga rejalashtirilgan o'quv-mashg'ulot yig'ini boshlandi

Suriya va Iroqqa qarshi o'rtoqlik o'yinlari oldidan MTJ vakillari dastlabki tayyorgarlik jarayonini Toshkentda olib boradi.

Bugungi mashg'ulotlar yopiq tarzda "Bunyodkor" akademiyasi maydonida bo'lib o'tdi.

Koreya K-ligasida to'p surayotgan Rustamjon Ashurmatov va Jamshid Iskanderov Milliy jamoamiz yig'iniga kelib qo'shildi. BAA chempionatida faoliyat olib borayotgan Aziz G'aniev va Otabek SHukurov MTJning Dubaydagi mashg'ulotlarida ishtirok etadi.

"Bunyodkor" va "Paxtakor" klublaridan chaqiruv olgan futbolchilar kecha O'zbekiston Superligasi uchrashuvida maydonda harakat qilganliklari sabab bugun ularga dam berildi.

Igor Sergeev jarohati sabab ushbu yig'inni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Futbolchini jiddiy jarohat xavfidan asrash maqsadida unga tatil berishga va jarohatini to'liq davolab olishiga imkoniyat yaratishga qaror qilindi. Uning o'rniga "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov MTJga chaqirildi.

"Paxtakor" klubining yana bir azosi Odilbek Hamrobekov old sonida biroz noqulaylik his qilgani sababli murabbiylar shtabi jamoa shifokori bilan maslahatlashib, futbolchiga engil yuklamalar beriladigan bo'ldi. U yakka tartibda shug'ullanadi va yig'in davomida formasini tiklaydi.

Ertaga Milliy terma jamoamiz to'laqonli mashg'ulotga kirishadi. Mazkur mashg'ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo'ladi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика