O'zbekiston MTJning Dubaydagi yig'iniga 25 nafar futbolchi chaqiruv oldi
02 fev 2021 13:51
Yangiliklar


O'zbekiston MTJning Dubaydagi yig'iniga 25 nafar futbolchi chaqiruv oldi
Milliy terma jamoamiz 8-18 fevral kunlari Dubay shahrida mashg'ulot olib boradi va yig'in davomida uchta o'rtoqlik o'yini o'tkazilishi reja ostiga olingan.
Bosh murabbiy Vadim Abramov ushbu yig'inga 25 nafar futbolchini jalb etdi.
Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Botirali Ergashev (AGMK), Javohir Ilyosov ("Lokomotiv")
Himoyachilar: Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Igor Golban ("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Paxtakor"), Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv"), Islom To'xtaxo'jaev ("SHenyang Urban", Xitoy)
Yarim himoyachilar: Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Odil Ahmedov ("Tianjin Teda", Xitoy), Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkor"), Vagiz Galiulin ("Nefteximik", Rossiya), Husniddin G'ofurov (AGMK), Oybek Rustamov ("Qo'qon-1912")
Hujumchilar: Temurxo'ja Abduholiqov ("Lokomotiv"), Mirjahon Mirahmadov ("Bunyodkor").
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar