So’nggi yangiliklar

01:17"Манчестер Сити" Хулиан Альваресни рекорд сумма эвазига сотади. Футболчи "Атлетико" билан келишиб олди (Фабрицио Романо)  0 00:53Элит лига саралаши. "Шабаб Ал Аҳли" ирода кўрсатиб,"Сепахон"ни мағлубиятга учратди ва кейинги босқичга йўл олди  2 00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  0 00:13Ҳаким Фузайлов: "Сурхон" ўз имкониятларидан унумли фойдаланиб кетди"  0 23:46Эрлинг Холанд "Ал Насср" йиғинига ташриф буюриб, у ерда Роналду билан учрашди  2 23:15"Атлетико" Галлахер трансферини ҳал қилди. Чоршанба куни – тиббий кўрик  0 22:36Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" – "Хоразм" 3:1. Highlights  0 22:35"Атлетико" Хулиан Альварес билан маош масаласида музокара ўтказмоқда. Трансфер ҳал бўлганича йўқ  1 22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  15 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  16 21:13Слот "Ливерпуль" нега янги ўйинчилар харид қилмаётганини тушунтирди  0 20:48Анчелотти: "Ҳозирги таркибимиз билан барча турнирларда қатнаша оламиз"  1 20:22Расман: 79 ёшли Мирча Луческу Руминия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  2 20:00"Барселона"га Кьезани таклиф қилишди  4 19:41Ибрагимович: "Мен табиат мўъжизасиман"  17

O'zbekiston MTJ yig'ini haqida (tahlil) Yangiliklar

O'zbekiston MTJ yig'ini haqida (tahlil)

O'zbekiston terma jamoasi Ektor Kuper qo'l ostidagi uchinchi yig'inini Avstraliyada o'tkazmoqda.

Kuper Avstraliya yig'iniga 24 nafar futbolchini jalb etdi. Bunga qadar argentinalik mutaxassis dastlab 30, ikkinchi yig'inda esa 24 nafar futbolchini chaqirgandi. Ammo har uchala yig'inga jalb etilgan futbolchilarda jarohatlar sindromi davom etmoqda.

Birinchi yig'inda SHuhrat Muhammadiev, SHerzod Azamov va Azizbek Haydarov jarohatlari bois to'liq ishtirok eta olishmagandi. Ikkinchi yig'inda ham jarohatlar sindromi kuzatildi. O'tgan gal esa ro'yxatga kirgan futbolchilardan SHerzod Azamov va Eldorbek Suyunov yig'inda to'liq qatnasha olmagandi. SHuningdek, Jaloliddin Masharipov diskvalifikaciya tufayli o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etolmasligi sababdan yig'inni erta tugatgandi.

Uchinchi yig'inda ham jarohatlar terma jamoamizni chetlab o'tmadi. Bu safar terma jamoadan chaqiruv olgan Odil Ahmedov, Farruh Sayfiev va Jasur Yaxshiboevga jarohatlar to'sqinlik qildi. SHu boisdan ham Kuper Avstraliyaga avval rejalashtirilgandek 24 emas, balki 21 nafar futbolchi bilan yo'l oldi. Etiborlisi, Kuper terma jamoamizning bo'lajak o'rtoqlik uchrashuvlarida 21 futbolchidan faqatgina 20 nafarining xizmatidan foydalana oladi. Masharipov esa diskvalifikaciya tufayli o'rtoqlik o'yinlarida qatnasha olmaydi. Futbolchi faqatgina mashg'ulotlarda ishtirok etishi uchun Avstraliyaga olib ketilgan.



Kuper uchinchi yig'inga jalb etgan futbolchilar haqida batafsil to'xtalib o'tamiz.

SHuni qayd etish kerakki, bu galgi yig'inda Kuper yangi nomlarga ko'p ham murojaat qilgani yo'q. Uchinchi yig'inda terma jamoamizda yangi nom paydo bo'ldi - Aziz Turg'unboev. Aynan mazkur futbolchi terma jamoamiz Ektor Kuper qo'l ostiga o'tganidan so'ng ilk bor chaqiruv oldi. SHuningdek, Jasur Yaxshiboev ham birinchi bor Kuper nazariga tushishga muvaffaq bo'lgandi. Biroq hali takidlaganimizdek, ushbu yosh iqtidorli vinger jarohati bois yig'inni o'tkazib yubormoqda. Ro'yxatdagi qolganlar esa avval ham Kuper chaqiruvini olgan futbolchilar.

Darvozabonlar masalasiga keladigan bo'lsak, Ignatiy Nesterov va Eldorbek Suyunov Kuperning barcha yig'iniga jalb etilgan kiperlar. Faqatgina Suyunov jarohati bois ikkinchi yig'inni erta yakunlagandi. O'tkir Yusupov esa ikkinchi yig'indan boshlab terma jamoa lagerida paydo bo'ldi.

Mudofaa chizig'i vakillariga to'xtaladigan bo'lsak, Kuper mazkur yig'inga jami 8 nafar nominal himoyachilarni jalb etdi. Ikkita chap (Zoteev, Sayfiev), ikkita o'ng (SHorahmedov, Hoshimov) va to'rtta markaziy himoyachilar (Ismoilov, To'xtaxo'jaev, Krimec, Tursunov) chaqirildi. Qayd etish kerakki, Sayfiev mazkur yig'inda jarohati tufayli ishtirok etmaydi va Zoteevga zaxira sifatida Vladimir Kozakdan foydalanishi mumkin. Kuper Kozakni kerak paytda markaziy yarim himoyada yoki chap qanot himoyachisi rolida o'ynatishi mumkin. Anzur Ismoilov, Egor Krimec, Islom To'xtaxo'jaev, Akmal SHorahmedov va Oleg Zoteev Kuper qo'l ostidagi barcha yig'inlarda ishtirok etmoqda. Doston Tursunov esa ikkinchi yig'indan boshlab terma jamoa safida ko'rinish berdi.  SHuningdek, hozirda universal futbolchi sifatida o'ynayotgan Kozak ham O'zbekiston terma jamoasining oxirgi 3 yig'inida uzluksiz ishtirok etmoqda.

Yarim himoya chizig'idagi futbolchilar Odil Ahmedov va Otabek SHukurov Kuperning barcha yig'inlarida chaqiruv olishdi. Faqatgina Ahmedov bu galgi yig'inni jarohati tufayli o'tkazib yuborishga majbur. SHuningdek, Ikrom Aliboev, Odiljon Hamrobekov va Javohir Sidiqov ikkinchi bor ketma-ket bosh jamoamizga chaqirildi. Ammo qayd etish kerakki, Kuper Aliboevdan qanotda vinger sifatida foydalanmoqda. Ammo Odil Ahmedovning yo'qligi tufayli balki Kuper Aliboevni o'zining nuqtasida sinab ko'rishi mumkin. Yoki Vladimir Kozakdan aynan markaziy yarim himoyachi sifatida foydalanib ko'rish ehtimoli yo'q emas. Ammo Sayfievning yo'qligini ham inobatga olsak, Kozakdan bu yig'inda katta ehtimol qanot himoyachisi sifatida foydalaniladi.

Kuper mazkur yig'inda qanot vingeri sifatida o'ynaydigan hujumchilardan Doston Hamdamov, Aziz Turg'unboev, Husniddin G'ofurov, Eldor SHomurodov va Jaloliddin Masharipovni jalb etgan. Jasur Yaxshiboev esa yuqorida aytilganidek jarohati bois yig'indan chetda qoldi. Masharipov ham faqat mashg'ulotlarda jamoa bilan birga shug'ullanishi mumkin. Ammo bo'lajak bahslarda Kuper Jaloliddin Masharipovning xizmatidan foydalana olmaydi. Quyida nomlari tilga olingan vingerlardan faqatgina G'ofurov va SHomurodov Kuperning uchala yig'inida ham uzluksiz ishtirok etmoqda. Hamdamov va Masharipov ikkinchi bor ketma-ket chaqiruv olishga muvaffaq bo'lishdi. Aziz Turg'unboev esa Kuper qo'l ostida ilk marotaba shug'ullanadi.

Ektor Kuper bu yig'inda faqatgina birgina markaziy hujumchini jalb etdi. Bu ham bo'lsa Kuperda terma jamoamizning oldingi chizig'ida almashtirib bo'lmas futbolchiga aylangan Marat Bikmaev. "Loko" to'purari ham Kuper kelganidan buyon uzluksiz terma jamoadan chaqiruv olayotgan 13-futbolchi.



Etiborli tarafi shundaki, aslida hozirgi ro'yxatdagi futbolchilar ichidan nominal markaziy hujumchini topish mushkul. Sababi, SHomurodov va Bikmaev o'z klublarida asosan qanot vingeri sifatida o'ynashadi. To'g'ri, Kuper Bikmaevdan ikkinchi yig'indan boshlab markaziy hujumchi sifatida foydalanmoqda. Bu esa o'z samarasini bermoqda. Yani, Bikmaev maydonga tushayotgan o'yinlarda o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishni uddasidan chiqmoqda.

Ammo Bikmaevga zaxira sifatida boshqa hujumchilar sinovdan o'tkazilmayotgani kishini o'ylantirmay qolmaydi. To'g'ri, kerak paytda Eldor SHomurodov ham markaziy hujumchi sifatida o'ynashi mumkin. Lekin SHomurodovdan Kuper aynan shu rolda foydalangan bahsida Eldor o'zini yaxshi taraflama to'liq ko'rsataga olgani yo'q. SHundan so'ng murabbiy SHomurodovni eski joyi qanotda o'ynatishni maqul ko'rmoqda.  Kuper mazkur yig'inga nega birgina hujumchini jalb etganini hozircha ochiqlagani yo'q. Odatda terma jamoa murabbiylari har bir yig'inga kirishishdan oldin hech bo'lmaganda o'z matbuot xizmati vakillari orqali o'z fikrlarini bildirib, nega falonchi futbolchi tanloviga to'xtalganiga tushuntirish yoki izoh berib o'tishadi. Bu barcha joyda amalda uchraydigan odatiy holat.

Birinchi va ikkinchi yig'inda ro'yxatdan o'rin olgan Temurxo'ja Abduxoliqov. Igor Sergeev yoki Ivan Nagaevning o'yinlari maqul keldimi yoki yo'q, bu bizga qorong'u. Uchinchi yig'inda mazkur futbolchilar ro'yxatdan tushib qolganini inobatga olsak, demak murabbiy quyidagi hujumchilarning xizmatiga ehtiyoj sezmayotgan bo'lishi mumkin. Ammo boshqa hujumchilar, xususan Superliga to'purarlar ro'yxatida peshqadamlar poygasida faol ishtirok etayotgan Bobir Abdixoliqovni xech bo'lmaganda nega yig'inlarda sinab ham ko'rmagani bizga qorong'u.


O'FA matbuot xizmati mazkur yig'in avvalida Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil etgani yo'q. Faqatgina o'rtoqlik o'yinlari oldidan va uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanlarida Kuperni uchratyapmiz xolos. Bu galgi o'rtoqlik uchrashuvlari esa Avstraliyada bo'lishini inobatga olsak, terma jamoamiz Toshkentga kelganidan so'ng O'FA matbuot xizmati Kuper ishtirokida alohida matbuot anjumani tashkillashtirishi kutib qolamiz. CHunki har bir yig'in, har bir o'yin va undan keyingi xulosalari haqida beriladigan savollar ko'p.


Ektor Kuper qo'l ostidagi barcha yig'inlarda chaqiruv olgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Eldorbek Suyunov (“Paxtakor”)
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)

Himoyachilar:
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”)
Egor Krimec  (“Paxtakor”)
Oleg Zoteev (“Lokomotiv”)
Akmal SHorahmedov ("Paxtakor")
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)

Yarim himoyachilar:
Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”, Xitoy) <Eron>
Husniddin G'ofurov  (“Lokomotiv”)
Otabek SHukurov  (“SHarja”, BAA)
Eldor SHomurodov (“Rostov”, Rossiya)

Hujumchi:
Marat Bikmaev ("Lokomotiv")

Ektor mazkur 13 nafar futbolchilarga barcha yig'inlarda to'liq ishonmoqda. SHuningdek, Kuper qo'l ostida birinchi yig'inda jalb etilgan va keyingi ikki yig'inda ro'yxatga kiritilmagan futbolchilar:  Quvvatov, Zuhurov, Denisov, SHixov, Xolmuhammedov, Gadoev, Mirzaev, Tursunov, Ibrohimov, Rashidov, Sobirxo'jaev, Sergeev va Abduxoliqov.

Dastlabki ikkita yig'inda taklif olgan Azizbek Haydarov va Ivan Nagaev  mazkur yig'indan tushib qolishdi.

Kuper qo'l ostidagi yig'inlarni jarohatlari bois o'tkazib yuborayotgan futbolchilar ham yo'q emas. Ulardan biri SHerzod Azamov bo'lsa, ikkinchisi SHuhrat Muhammadiev. Mazkur ikki himoyachi terma jamoamizning bu galgi yig'ini oldidan ham o'z klublarida jarohatlanishdi. SHu boisdan ham Kuper bu futbolchilarni Avstraliyaga ketadigan ro'yxatga kiritmadi. Bu esa bu ikki himoyachilarni Osiyo kubogiga borish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yuborishi ehtimoli yuqori.



Ektor Kuper barcha yig'inlarda hozirga qadar 43 nafar futbolchi nomini elon qildi. To'liq ro'yxat quyidagicha:


Darvozabonlar:
1. Eldorbek Suyunov (“Paxtakor”)
2. Murodjon Zuhurov (“Bunyodkor”) <o'ynamadi>
3. Sanjar Quvvatov (“Nasaf”) <o'ynamadi>
4. Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
5. Roman Abdulov (AGMK) <o'ynamadi>
6. O'tkir Yusupov (“Qo'qon-1912”)
7. Botirali Ergashev ("Navbahor") *jarohat


Himoyachilar:
8. Vitaliy Denisov (“Krilya Sovetov”, Rossiya)
9. Sanat SHixov  (“Buxoro”)
10. Murod Xolmuhamedov  (“Qo'qon-1912”) <o'ynamadi>
11. Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
12. Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”)
13. Egor Krimec  (“Paxtakor”)
14. Muhammadiev SHuhrat  ("Lokomotiv") *jarohat
15. Oleg Zoteev (“Lokomotiv”)
16. SHerzod Azamov (“Paxtakor”) *jarohat
17. Farrux Sayfiev (“Paxtakor”)
18. Akmal SHorahmedov ("Paxtakor")
19. Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
20. Doston Tursunov ("Neftchi")
21. Davron Hoshimov ("Navbahor")


Yarim himoyachilar:
22. Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”, Xitoy)
23. Husniddin G'ofurov  (“Lokomotiv”)
24. SHohruh Gadoev  (“Tedjon Sitizen”, J.Koreya) <o'ynamadi>
25. Azizbek Haydarov (“Bunyodkor”)
26. Sardor Mirzaev  (“Lokomotiv”)
27. Otabek SHukurov  (“SHarja”, BAA)
28. Sardor Sobirxo'jaev (“Bunyodkor”)
29. Sardor Rashidov (“Lokomotiv”)
30. Eldor SHomurodov (“Rostov”, Rossiya)
31. Sanjar Tursunov  (“Tedjon Sitizen”, J.Koreya”)
32. Javlon Ibrohimov (“Bunyodkor”)
33. Odil Hamrobekov ("Nasaf")
34. Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912")
35. Ikrom Aliboev ("Lokomotiv")
36. Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
37. Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
38. Azizbek Turg'unboev ("Navbahor")
39. Jasur Yaxshiboev ("Paxtakor")



Hujumchilar:
40. Temurxo'ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”)
41. Marat Bikmaev (“Lokomotiv”)
42. Ivan Nagaev (“Qizilqum”)
43. Igor Sergeev (“Paxtakor”)



Qaysi jamoalardan qancha futbolchi MTJga taklif etildi?
"Lokomotiv" - 10
"Paxtakor" - 10
Legionerlar - 7
"Qo'qon-1912" - 3
"Bunyodkor" - 4
"Navbahor" - 3
"Nasaf" - 2
"Neftchi" - 1
"Qizilqum" - 1
"Buxoro" - 1
AGMK - 1



Avstraliyadagi yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)

Eldorbek Suyunov  (“Paxtakor”)

O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912")

Himoyachilar:
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)

Davron Hoshimov ("Navbahor")

Vladimir Kozak(“Paxtakor”)

Egor Krimec (“Paxtakor”)

Farrux Sayfiev (“Paxtakor”) *jarohat (yig'inni o'tkazib yuboradi)

Akmal SHorahmedov ("Paxtakor")

Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”)

Doston Tursunov ("Neftchi")

Oleg Zoteev ("Lokomotiv")


Yarim himoyachilar:
Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”, Xitoy) *jarohat (yig'inni o'tkazib yuboradi)

Ikrom Aliboev ("Lokomotiv")

Odil Hamrobekov ("Nasaf")

Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)

Aziz Turg'unboev ("Navbahor")

Husniddin G'ofurov (“Lokomotiv”)

Eldor SHomurodov(“Rostov”, Rossiya)

Otabek SHukurov  (“SHarja”, BAA)

Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912")

Jasur Yaxshiboev ("Paxtakor") *jarohat (yig'inni o'tkazib yuboradi)

Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") diskvalifikaciya (o'rtoqlik o'yinlarida o'ynamaydi)


Hujumchi:
Bikmaev Marat (“Lokomotiv”)


Ektor Kuper qo'l ostida barcha o'yinlarni to'liq o'tkazgan yagona futbolchi - Anzur Ismoilov (4 o'yin, 360 daqiqa)



Ektor Kuper qo'l ostida to'purar futbolchi - Marat Bikmaev (4 o'yin, 4 gol)

Muallif :
Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика