O'zbekiston MTJ. Yaxshiboev va Tursunov ketdi, Otaxonov keldi
11 noy 2021 12:52
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ. Yaxshiboev va Tursunov ketdi, Otaxonov keldi
Soat 11:00da boshlangan mashg'ulotda kecha eski jarohati bezovta qilgan Doston Tursunov va Jasur Yaxshiboev ishtirok etishmadi. Tursunovning o'rniga AGMK himoyachisi Abbos Otaxonov terma jamoa ixtiyoriga kelib qo'shildi.
Katanec boshchiligidagi jamoamiz ertaga, 12 noyabr kuni Qozog'iston orqali Gruziyaga uchib ketadi. Gruziya bilan o'yin 15 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Darvozabonlar - Eldorbek Suyunov ("Paxtakor"), Valijon Rahimov (AGMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor").
Himoyachilar - Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Farrux Sayfiev ("Paxtakor"), Davron Hoshimov ("Navbahor"), Islom Qobilov ("Lokomotiv"), Marlen CHobanov ("Paxtakor"), Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor"), Ibrohim Halil Yo'ldoshev ("Nijniy Novgorod", Rossiya), Abbos Otaxonov (AGMK)
Yarim himoyachilar - Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Tedjon", Janubiy Koreya), Otabek SHukurov ("Al SHarja", BAA), Abror Ismoilov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Aziz G'aniev ("SHabab Al Ahli", BAA), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Islom Kenjaboev ("Qizilqum").
Hujumchi - Igor Sergeev ("Tobol", Qozog'iston), Eldor SHomurodov ("Roma", Italiya).
Fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA
foto: Jahongir Fayzullaev
Fikrlar