O'zbekiston MTJ. To'rt futbolchiga javob berildi
11 noy 2019 15:02
Yangiliklar


O'zbekiston MTJ. To'rt futbolchiga javob berildi
Bilasiz, ayni paytda O'zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda yig'in o'tkazmoqda.
Qirg'izistonga bilan o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng terma jamoa ixtiyorini bir necha futbolchi tark etdi.
SHarof Muhiddinov va Abrorbek Ismoilov Olimpiya terma jamoasi bilan birga BAAga xalqaro turnirga yo'l olishdi. SHuningdek, sal avval Aziz G'aniev ham olimpiyachilar safiga borib qo'shilgan edi.
Akbar Ismatullaev, Sardor Mirzaev, Sanjar SHoahmedov va Humoyun Murtozaevlar esa o'z klublariga yo'l olishdi. Ularga terma jamoa murabbiylar shtabi tomonidan ushbu yig'in davomidagi mehnati va jamoa tayyorgarligiga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirib o'tildi. Ushbu futbolchilar terma jamoaga nomzod sifatida murabbiylarning doimiy kuzatuvida bo'lishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar