So’nggi yangiliklar

16:10"Акрон" - "Динамо". Эсанов таркибдами?  1 15:43"Тоттенхэм" - "Бавария". Таркиблар эълон қилинди  1 15:30"Атлетико" 30+5 млн. евро эвазига ҳужумчи сотиб оляпти  1 15:00ОКМК ФК ва Қирғиз Республикаси академияси ўртасида меморандум имзоланди  1 14:49Франция ҳужумчиси: "Аргентиналиклар байрамимизни бузмоқчи эди, аммо у янада яхшироқ бўлди"  0 14:11Кьеза "Ювентус" қайдномасига киритилмади  1 13:46"Ал Иттиҳод" Эдерсон ўрнига 11 млн. евро эвазига бошқа дарвозабон сотиб олади  0 13:35"Вест Хэм" "Барселона" қизиққан Гидо Родригесни текинга ўз сафига қўшиб олади  0 12:36"Андижон" 17 та ўйиндан буён ОКМКни мағлуб эта олмаяпти  4 12:19Отаменди: "Францияликлар ғалабани бизнинг оиламиз вакиллари олдида нишонлашди. Нишонлагинг келса, олдимга кел, ҳал қиламиз"  13 12:01 "Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - Алиев Диёрбек ва Маматов Муҳаммадамин  0 11:40"Қизилқум" - "Бунёдкор" ўйинидан кейинги қизиқарли фактлар  1 10:56Ди Мария таҳдидлар туфайли ватанига қайтмайди  1 10:27ПСЖ «Ман Сити»га расмий таклиф юборди  2 10:01«Ньюкасл» 60 миллион фунтга ҳимоячи сотиб олади  2

O'zbekiston MTJ sentyabrda Suriya, oktyabrda KXDR va Qatar bilan Toshkentda o'ynaydi Yangiliklar

O'zbekiston MTJ sentyabrda Suriya, oktyabrda KXDR va Qatar bilan Toshkentda o'ynaydi

Malumki, kuz oylarida bir qator FIFA kunlari mavjud.

Mazkur kunlardan unumli foydalanish maqsadida,  Toshkentda O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
 
6 sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi bahs olib boradi. O'yin muxlislar uchun qulay bo'lgan payt soat 20:00da boshlanadi.
 
Bundan tashqari, oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan ham unumli foydalanish rejalashtirilgan. 13 oktyabr kuni KXDR bilan, 16 oktyabr kuni esa Qatar terma jamoasiga qarshi Toshkentda o'rtoqlik o'yinlari bo'lib o'tadi.
 
Ektor Kuper mazkur o'yin orqali O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibini shakllantirib boradi.
 
Hozirda qolgan FIFA kunlarida  ham O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun o'rtoqlik o'yini tashkil qilish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Jumladan, Eron futbol federaciyasi bilan o'tkazilayotgan muzokaralar ijobiy yakuniga etsa, 11 sentyabr kuni yurtimizdagi futbol muxlislari Osiyoning ushbu grand jamoasini Toshkentda ko'rishlari mumkin bo'ladi.

Reyting: +89   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика