So’nggi yangiliklar

08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  4 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  5 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  2 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  9 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  12 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  5 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  5 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  8 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1

O'zbekiston MTJ Osiyo Kubogida qanday formadan foydalanadi? 24 jamoaning OK-2023dagi liboslari Yangiliklar

O'zbekiston MTJ Osiyo Kubogida qanday formadan foydalanadi? 24 jamoaning OK-2023dagi liboslari

Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi-2023 starti 8 kun vaqt qoldi.

Bir necha kundan beri saytimizda asosiy urg'uni aynan qita birinchiligi atrofidagi voqeliklarni yoritishga qaratganmiz. Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasining OK-2023 uchun yakuniy qaydnomasini OFK elon qildi. Ha, O'FA birinchi bo'lib berishi kerak bo'lgan narsa OFKda chiqdi. Qizig'i, O'FA hali ham o'z nomidan yakuniy "zayavka"ni elon qilmadi.

Osiyo kubogi: O'zbekiston MTJda kim qaysi raqamda o'ynaydi? SHomurodovning raqami kimga nasib qildi?

Qaydnomaga birinchi o'yinimiz startiga 6 soat vaqt qolgunga qadar o'zgartirish kiritish mumkin. Balki, O'FA (rahbariyatmi yoki murabbiylarmi, bilmadim) o'sha paytni kutayotgandir. Bu menga qorong'u. Lekin, O'FA o'zi berishi kerak bo'lgan qator jabhalarda hamon sokinlikni afzal bilayotgani hayron qoldirmoqda. O'tgan yil davomida O'FA tashkilot sifatida zo'r davrni o'tkazdi, ish sifati o'sdi, munosib ravishda eng yaxshi Associaciya sovrinlarini qo'lga kiritdi. Lekin, Osiyo Kubogi oldidan nega bunday jimlik?

O'FA sukut saqlab kelayotgan yana bir jabha bu - terma jamoamiz Osiyo kubogida kiyadigan liboslari. Yigitlarimiz qanday formalardan foydalanishlarini O'FA rasman hamon elon qilgani yo'q. Vaholanki, buning uchun alohida kichik tadbir o'tkazib taqdimot qilish ham mumkin edi. Musobaqaga qisqa vaqt qolgan va taqdimot o'tkazishga vaqt bo'lmagan deb hisoblagan taqdirimizda ham nega O'FA ijtimoiy tarmoqlarida formalarimiz rasmli yoki poster tarzida elon qilinmadi? Bu borada ham O'FAni ortda qoldirib ketishdi. OFK Osiyo Kubogi-2023da qatnashadigan barcha 24 terma jamoaning uy va safar liboslari suratlarini chop etdi.

Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari "Jako"ning mana shunday dizayndagi liboslaridan foydalanishar ekan.


Umuman olganda qita birinchiligida terma jamoalar eng ko'p "Nayk" (Nike), "Jako" (Jako) va "Adidas" (Adidas) formalaridan foydalanishadi. 6ta jamoa "Nayk", 4ta jamoa "Jako" va 3ta terma "Adidas"dan foydalanadi.

Osiyo Kubogida 24 terma jamoa foydalanadigan liboslar:

"A" guruhi

Xitoyning uy va safar liboslari.


Livanning uy va safar liboslari.


Qatar ham ananaviy ranglariga sodiq qolgan.



Tojikiston.


"B" guruhi

Avstraliya.


Hindiston.


Suriya.


O'zbekiston.


"C" guruhi

Gonkong.


Eron.


Falastin.


BAA.


"D" guruhi

Indoneziya.


Iroq.


Yaponiya.


Vetnam.


"E" guruhi

Bahrayn.


Iordaniya.


Koreya Respublikasi.


Malayziya.


"F" guruhi

Qirg'iz Respublikasi.


O'mon.


Saudiya Arabistoni.


Tailand.



Sizga qaysi terma jamoaning libosi ko'proq yoqdi?

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика