So’nggi yangiliklar

14:52Альфонсо Дэвиснинг "Реал"га трансфери боши берк кўчага кириб қолди  0 14:30Карло Анчелотти: "ЛаЛига ғолиби бўлишимизга 4 очко қолди"  0 14:15Тарихий натижа қайд этган Тожикистон футзал терма жамоасига каттагина мукофот пули берилади  3 13:35ВАР «отмен». Европанинг илк чемпионати юқори технологиядан воз кечди  18 13:07«Байер» юлдузи Флориан Вирцнинг келажаги маълум  2 12:33Тожикистон терма жамоаси бош мураббийи: " Бу бизга яхши тажриба бўлди ва унинг самарасини Жаҳон чемпионатида кўрсатамиз"   11 12:10Веско Стешевич: "Забиҳилло Ўринбоевнинг сафга қайтишини интиқлик билан кутмоқдамиз"  0 11:48Интервью. Станислав Андреев: "Пахтакор" ҳар қандай ҳолатда ҳам кучли рақиб. "Сўғдиёна" кубокни ютишни мақсад қилган"  3 11:46Воҳид Шамсаи: "Ўзбекистонга қарши ўйинда футзалда учратмаган ҳодисага гувоҳ бўлдим"  16 11:33Хосе Венансио Лопес: "Ушбу Осиё кубогидан мамнунман"  9 11:09Баҳодир Ҳакимқулов: "Кубок ўйинлари давомида тажриба тўпладик"  1 10:55Саудия Арабистони U-23 бош мураббийи: "Шогирдимнинг четлатилишига Ўзбекистон терма жамоасининг тактикаси сабаб бўлди"  40 10:45«Барселона» Левандовски билан янги шартнома тузишга тайёр, фақат битта шарт билан  7 10:23Виталий Левченко: "Иккинчи бўлимда назорат қўлимизда бўлишига қарамай вазиятлардан фойдаланмадик"   0 10:21Шуҳрат Қурбонов: "Бизга битта ғалаба зарур эди"  1

O'zbekiston MTJ murabbiyi: "Ertaga o'yin davomida Katanec bilan telefon orqali aloqada bo'lamiz" Yangiliklar

O'zbekiston MTJ murabbiyi: "Ertaga o'yin davomida Katanec bilan telefon orqali aloqada bo'lamiz"

JCH-2026 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Gonkong o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.




Matbuot anjumanining ikkinchi qismida O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vlado Rodmanovichga futbolchi Azizbek Turg'unboev hamrohlik qildi.

"Barchaga xayrli kun. Birinchi navbatda bosh murabbiyning holati haqida gapirmoqchiman. Katanec ikki kun avval o'zini yaxshi his qilmayotganini va shaxsiy muammosi borligini aytdi hamda Sloveniyaga uchib ketdi. Biz aynan qanday shaxsiy muammo ekanini so'ramadik, sababi hammada o'z shaxsiy hayoti bor.

Biz terma jamoaga ishonamiz, muxlislar ham terma jamoaga ishonishadi deb o'ylayman. Biz murabbiylar shtabi g'alaba uchun barcha ishni bajaramiz.

Ertaga Gonkongga qarshi ikkinchi marta maydonga tushamiz. Birinchi o'yindagi bo'lgani kabi ertaga ham chiroyli o'yin ko'rsatishga va g'alaba uchun o'ynaymiz. Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz, Gonkong ham shu jumladan. Ertaga o'yinga bepisandlik bilan munosabatda bo'lsak yaxshi bo'lmaydi. Gonkongni yana bir bor tahlil qildik, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rgandik", - dedi Vlado Radmanovich.

"Ertangi bahs ajoyib o'tishi kutilmoqda, chunki jamoadagi barcha legionerlar to'liq tarkib bilan mashg'ulotda ishtirok etyapmiz. Ertaga borimizni berib, 3 ochko uchun harakat qilamiz", - dedi Azizbek Turg'unboev.




- Bitta jamoaga qarshi qisqa muddatda ikkita o'yin o'tkazish doim qiyin. Ertga Gonkongdan syurpriz kutishimiz mumkinmi?
- To'g'ri aytdingiz. Bizda qisqa muddatda bir raqibga qarshi o'ynash tajribasi bo'lmagan. Bunda eng asosiysi motivaciya, yigitlar etarlicha motivaciya bilan maydonga tushishlari shart. Motivaciya keragidan ham ortiq bo'lmasligi kerak, barcha narsaning meyori bo'lgani yaxshi.

- Ertaga Katanec bilan aloqada bo'lasizlarmi? O'zgarishlarni u bilan maslahatlashib amalga oshirasizlarmi?
- Albatta bosh murabbiy bilan aloqada bo'lamiz. Ertaga Katanec o'yinni televizor orqali ko'rib boradi va biz bilan gaplashib turadi.

- "Navbahor"da o'ynaganingizda deyarli hujumchi bo'lgansiz, hozir esa terma jamoada butun qanot futbolchisiga aylandingiz. To'g'ri terma jamoada istalgan joyda o'ynash kerak. O'zingizga qaysi joyda o'ynash qulayroq?
Azizbek Turg'unboev: - To'g'ri aytdingiz, terma jamoada har qanday nuqtada o'ynashga tayyorman. Agar qaysi joyda o'zimni qulayroq his qilishimni so'rayotgan bo'lsangiz qanot yarim himoyachisi

Vlado Radmanovich: - SHu savolga qo'shimcha qilmoqchiman, 4 va 5 himoyachi bilan o'ynashda qanot himoyachilarining funkciyasi butunlay o'zgacha. Birinchi bo'lib franciyalik Mishel Idalgo 3 nafar markaziy himoyachi taktikasini qo'llagan. Bunday holatda jamoa to'pni yo'qotganda qanot futbolchisi himoyachiga aylanadi, to'pga ega bo'lganida esa yarim himoyachi va hujumchiga aylanadi.

- O'zbekiston Gonkongga uchib bordi va qaytib keldi. Yigitlarda charchoq alomatlari yo'qmi?
Azizbek Turg'unboev:
- Yo'q, charchoq alomati sezilmayapti. Sababi Toshkentga qaytib kelganimizdan keyin tiklanish mashg'ulotlariga urg'u berdik. Barcha yigitlar o'yinga tayyor.

- O'zbekiston terma jamoasi 3 nafar markaziy himoyachi bilan o'ynashga o'rganib qoldi. Balki Gonkong kabi kuchsizroq jamoalarga qarshi boshqacha taktikada o'ynaganimiz yaxshidir?
- Ertaga tongda bosh murabbiy bilan qanday taktikada o'ynashni gaplashib olamiz. Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olgan holda taktika tanlaymiz. Raqib safida 11 va 8 raqamli futbolchilar, hamda darvozabon yaxshi o'ynaydi. Ertaga bilamizki 11 raqamli futbolchi maydonga tusha olmaydi. Kuchsiz tomonlariga kelsak raqib himoyachilari uch qadar yaxshi o'ynay olishmaydi.


Reyting: +11   

Fikrlar

+3   
25 mar 16:26:12
ОМАДБЕК
Катанец бизга келиб ZOM орқали мураббийлик қилишни тадбиқ қилади шекилли
+3   
25 mar 14:30:30
Haqiqat-2
Realist 2 foydalanuvchining fikriga javob berish
Markazdan o'ynash uchun, 14 hududa hujum orti dispechir, maestro bolishi va undan yuqori intilekt hamda texnik, futbol talab qilinadi. 3 himoyachi bilan o'ynaganda buning imkoni kam. Aksiga olib Otabek Shukurov avvalgi formasida mas.
Аббос уддалиди. 4-2-3-1 да
+2   
25 mar 13:17:29
Haqiqat-2
4-2-3-1 тактикада уйнаб куришса хам буларди. Масалан: Уткир Юсупов
Сайфиев, Эшмуродов, Ашурматов, Тургунбоев
Хамробеков, Шукуров
Машарипов, Файзуллаев, Урунов
Шомуродов.
+1   
25 mar 18:22:52
Bu shunchaki o'yin
Trener yo'q, 3-5-2 to'liq pishmagan. Shunday ekan 4-4-2 classic yaxshiroqmasmikin
+1   
25 mar 15:24:42
Tinchliksevar
Haqiqat-2 foydalanuvchining fikriga javob berish
Икки крайдан хаволатиб узатиш ва Шомуродовни калласини топиш хадеб ухшамаяпти. Марказдан ериб утиш негадир камайиб колди
Bu Katanesnida rang baranglik kamligida vaziyatga qarab tavakkalizm qilaveradi agar 1 hujumchi taktikasi o‘hshamasa 2 chi hujumchini tushuradi ee ohirgi vaqtlar asabni yeyayabdi bu Katanes
+1   
25 mar 13:42:49
Realist 2
Kuchsizroq jamoalarga qsrshi 2 markaziy himoyachi bilan o'ynash kerak. Uyda o'ynayabmiz. Himoyani yorib o'tish uchun hujum ortida kimdir bo'lishi kerak. Taklif, Jalol chapda, Oston o'ngda, Hujumda Eldor, Hujum ortida Abbos. Shu taktikada o'ynash kerak. 2 markaziy himoyachi bilan.
+1   
25 mar 13:38:53
Realist 2
Haqiqat-2 foydalanuvchining fikriga javob berish
Икки крайдан хаволатиб узатиш ва Шомуродовни калласини топиш хадеб ухшамаяпти. Марказдан ериб утиш негадир камайиб колди
Markazdan o'ynash uchun, 14 hududa hujum orti dispechir, maestro bolishi va undan yuqori intilekt hamda texnik, futbol talab qilinadi. 3 himoyachi bilan o'ynaganda buning imkoni kam. Aksiga olib Otabek Shukurov avvalgi formasida mas.
   
26 mar 14:09:14
Doktor D
5-0
   
26 mar 07:34:50
HY
HY foydalanuvchining fikriga javob berish
Бошқа сайтларни ҳам ўқувчи ишқибозларга савол: Сизларда ҳам ****** сайтидаги билдирилган фикрларни очмаяптими? Деярли бир йилдан бери фикрлар сони кўринади, лекин ўзи менда кўрсатмаяпти. Сабабини ким билади? Кейин сайтни порно рекламаси кўп. Фарзандларингиз олдида сайтни очиб ҳам бўлмайди? Шунинг учун ҳам деярли ўқимай қўйганман. championat.asia сайтида ҳам ўзига яраша камчиликлар бор. Нисбатан саёз, ўйинлар шарҳи деярли ёзилмайди
Стадионуз сайт
   
26 mar 07:04:37
HY
Бошқа сайтларни ҳам ўқувчи ишқибозларга савол: Сизларда ҳам ****** сайтидаги билдирилган фикрларни очмаяптими? Деярли бир йилдан бери фикрлар сони кўринади, лекин ўзи менда кўрсатмаяпти. Сабабини ким билади? Кейин сайтни порно рекламаси кўп. Фарзандларингиз олдида сайтни очиб ҳам бўлмайди? Шунинг учун ҳам деярли ўқимай қўйганман. championat.asia сайтида ҳам ўзига яраша камчиликлар бор. Нисбатан саёз, ўйинлар шарҳи деярли ёзилмайди
   
26 mar 04:21:44
Odilbek77
Ота макон foydalanuvchining fikriga javob berish
Адашмасам кайсидир турнирда Эрон билан уйин пайтида хам Словенияга кетиб колганди. Ирокликларга хам шу масаласи ёкмаган булса керак.
Tez-tez borib turarkanda uyiga.
   
26 mar 00:35:59
Ота макон
Odilbek77 foydalanuvchining fikriga javob berish
Yaxshi tomoni, Katanets kasal emas shekilli, shaxsiy hayotdagi muammosi deyaptiku.
Адашмасам кайсидир турнирда Эрон билан уйин пайтида хам Словенияга кетиб колганди. Ирокликларга хам шу масаласи ёкмаган булса керак.
   
26 mar 00:31:28
Ота макон
Шу битта уйинга хам Равшан Хайдаровни куйиб турмабдида.
   
25 mar 23:18:07
Davronbek Abduvaliev
Омадларингни берсин.
   
25 mar 23:17:58
Davronbek Abduvaliev
Омадларингни берсин.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика