O'zbekiston MTJ dekabr oyida qaerda yig'in o'tkazishi malum
06 noy 2018 16:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/461414_original.jpg)
![](/upload/storage/461414_220.jpg)
O'zbekiston MTJ dekabr oyida qaerda yig'in o'tkazishi malum
Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Noyabr oyida O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyada yig'in o'tkazadi va u erda Janubiy Koreya hamda Livan terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib qaytadi.
Dekabr oyida esa Kuper jamoasi Turkiyada yig'in o'tkazadi. 15 dekabr kuni boshlanadigan yig'in 29 dekabrga qadar davom etadi. Ushbu yig'in doirasida ham o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan.
O'zbekiston terma jamoasi 2 yanvarda BAAga uchib boradi va Osiyo Kubogiga so'nggi tayyorgarlikni ushbu mamlakatning o'zida olib boradi. Qita chempionatidagi birinchi o'yinni vakillarimiz 9 yanvar kuni Ummonga qarshi o'tkazishadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar