O'zbekiston MTJ "China Cup-2019" musobaqasida ishtirok etish uchun Xitoyga etib keldi
19 mar 2019 12:52
Yangiliklar


O'zbekiston MTJ "China Cup-2019" musobaqasida ishtirok etish uchun Xitoyga etib keldi
O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 21-25 mart kunlari Xitoyda o'tkaziladigan "China Cup-2019" musobaqasida ishtirok etishi haqida avval xabar berib o'tgandik.
Terma jamoamiz azolari Toshkent-Pekin-Nanning yo'nalishi bo'ylab salkam 9 soat parvozdan so'ng manzilga etib kelishdi.
Delegaciyamiz azolarini aeroportda tashkilotchilar va mahalliy OAV xodimlari juda iliq kutib olishdi. Terma jamoamiz Nanning shahridagi "Wanda REALM Resort" mehmonxonasiga joylashdi. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 19:00da Xitoydagi dastlabki mashg'ulot o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar